Maksim Shackix: "Bugun yutishimiz ham, yutqazib qo'yishimiz ham mumkin edi"

Mirjalol Normatov
7 avg 2025, 23:20
Superliga 17-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Andijon" (1:1) uchrashuvidan so'ng "Andijon" bosh murabbiyi Maksim Shackix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Amaldagi chempionga qarshi safarda o'ynadik va o'yinimiz yomon chiqmadi. Bugun g'alaba uchun bor kuchni ishga solishga harakat qildik. Natijadan qoniqdim. Qarshida durang ham yomon natija emas. Lekin yutishimiz ham, yutqazib qo'yishimiz ham mukin edi.

- Bugun qanday o'yin kutgandingiz?

- Chempionga qarshi oson bo'lmasligini bilardik. O'ylab qo'ygan rejalarimizdan nimadir o'xshadi, nimadir o'xshamadi. Bazi hollarda individual mahorat yetishmadi. Mahoratimiz yuqori bo'lganida yutib ketishimiz ham mumkin edi. Shunga qaramay yigitlarga rahmat, hamma borini berib harakat qildi. O'tkazib yuborilgan gol esa alamli bo'ldi.

- Ikkinchi davraga tayyorgarlikdan ko'nglingiz to'ldimi?

- Mashg'ulotlarni yuqori darajada olib brishga harakat qildik va buning mevasini chempionat va Chempionlar ligasi bahslarida ko'ramiz. Hammasi yaxshi bo'lishiga umid qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia