So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  2 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Superliga. Olmaliqda kechgan "Xorazm" – "Surxon" uchrashuvida jangovar durang Yangiliklar

Superliga. Olmaliqda kechgan "Xorazm" – "Surxon" uchrashuvida jangovar durang

Superliga 17-turi doirasidagi "Xorazm" – "Surxon" uchrashuvi yakuniga etdi.

Superliga

17-tur

"Xorazm" – "Surxon" 2:2  

Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 19:00

Gollar: Murodbek Bobojonov penalti 45+3', Shahrom Samiev (Xazrat Tursunqulov) 86' – Sunnatilla Poyonov (Dostonbek Tursunov) 4', Rustam Turdimurodov (Nodir Abduxoliqov) 78'

Bosh hakam: Olim To'ychiboev

Yordamchi hakamlar: Shohruh Azamov, Aziz Isaqov

Zaxira hakami: Mamur Ilhomov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

VAR: Firdavs Norsafarov

AVAR: Husan Xudayberdiev

Komissar: Mamur Sultonov

"Xorazm": 39.Artyom Potapov, 2.Diyor Ortiqboev, 6.Abbos Otaxonov, 7.Temurbek Ismailov (99.Shahrom Samiev, 60), 9.Jasur Azimov (77.Sunnatillo Abdullajonov, 51), 10.Murodbek Bobojonov (8.Xazrat Tursunqulov, 83), 11.Humoyunmirzo Iminov, 15.Vladimir Bubanya, 18.Iskandar Shaykulov (88.Abror Xo'sinov, 73), 27.Ixtiyor Toshpo'latov (22.Asadbek Saidxonov, 46), 94.Rustamjon Abduhamidov.

Zaxira: 12.Sardor Qobuljonov, 4.Farruh Ibrohimov, 5.Dilshod Jo'raev, 20.Danila Ejov.

"Surxon": 16.Dilshod Yo'ldoshev, 4.Nodirxon Nematxonov, 6.Behzod Shamsiev, 7.Dostonbek Tursunov (15.Diyor Ramazonov, 61), 8.Humoyun Sherbo'taev (9.Muhsin Bozorov, 83), 10.Rustam Turdimurodov, 22.Javohir Jo'raev, 24.Sherzod Komilov (18.Nodir Abduxoliqov, 61), 27.Asilbek Jumaev, 66.Behruz Shaydulov, 99.Sunnatilla Poyonov.

Zaxira: 86.Davron Merganov, 2.Behruz Karimov, 14.Sarvar Abduhamidov, 19.Muhammad-Ali Abdurahmonov, 26.Behruz Shukurullaev, 77.Asadbek Karimov.

Ogohlantirishlar: Jasur Azimov (34).

Chetlatishlar: Sunnatilla Poyonov (40), Abbos Otaxonov (70).


UCHRASHUV YAKUNLANDI! 

90+4. Zarbaa! Abdullajonovning zarbasidan so'ng Javohir Jo'raev to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

90+3. Zarbaaa! Muhsin Bozorovning kuchli zarbasini Artyom Potapov qaytardi! Zo'r zarba! Dahshatli seyv!  

90. Ikkinchi taymga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

88. Uuuux! Jo'raevning pasidan keyin Turdimurodov ko'kragi bilan zarba berishga urindi, Bubanya darvozaga kirib ketayotgan to'pni to'sib qolib, oldinga terib yubordi. 

86. GOL! Tursunqulovning uzatmasidan so'ng Shahrom Samiev darvozani ishg'ol qildi – 2:2!

83. "Surxon"da almashtirish: Sherbo'taev o'rniga Bozorov maydonga tushdi. 

83. "Xorazm"da o'zgarish: Bobojonov o'rniga Tursunqulov bahsni davom ettiradi. 

78. GOL! Abduxoliqovning pasidan so'ng himoyachini chiroyli aldagan hujumchi Rustam Turdimurodov hisobni 1:2 ko'rinishiga keltirdi! 

76. Burchak zarbalari bo'yicha statistika – 5 ga 1. 

74. Iminov to'pni olib qo'yish maqsadida Ramazonovni yiqitishga majbur bo'ldi. 

73. "Xorazm"da almashtirish: Shaykulov o'rniga Xo'sinov tushdi. 

70. Hakam vaziyatni VAR monitorida ko'rdi va Abbos Otaxonovning sarig'ini qizilga almashtirdi. Futbolchi maydonni tark etdi. 

67. Otaxonov Shaydulovga nisbatan o'ta qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi. 

65. Zarba! Bobojonovning kuchli zarbasidan so'ng Behzod Shamsiev o'pni bartaraf etdi. 

61. "Surxon"da 2 ta o'zgarish: Komilov o'rniga Abduxoliqov, Tursunov o'rniga Ramazonov tushirildi.

60. "Xorazm"da almashtirish: Ismoilov o'rniga Samiev o'yinga qo'shildi. 

55. Abduhamidovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin to'p to'g'ri Shukron Yo'ldoshevning qo'llariga borib tushdi. 

51. Abdullajonov ichkariga yaxshi yorib kirdi va to'pni Saidxonovga uzatdi, uning ichkariga bergan pasini esa himoyachilar bartaraf etdi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. "Xorazm"da 2 ta o'zgarish: Toshpo'latov o'rniga Saidxonov, Azimov o'rniga Abdullajonov maydonga tushdi.

Birinichi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob – 1:1. Tanaffus! 

45+3. GOL! Bobojonov penaltidan to'p kiritib, hisobni tenglashtirdi – 1:1! 

45+2. Bosh hakam vaziyatni VAR monitorida o'rgandi va penalti belgiladi. 

45. Birinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi. 

44. Sal avvalgi vaziyatni VAR qarab chiqmoqda. Bobojonov jarima maydonchasi ichida Turdimurodov tomonidan itarib yuborilgan bo'lishi mumkin. 

42. Zarba! Iminovning chamasi 19 metrdan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

40. Hakam vaziyatni VAR monitori orqali o'rgandi va qarorini o'zgartirdi: Sunnatilla Poyonov maydondan chetlatildi. 

36. Sunnatilla Poyonovning o'zi bu gal o'ta qo'pol o'ynadi. U butsasining tag qismi bilan Otaxonovga zarba berdi. Hakam Sunnatillaga sariq kartochka ko'rsatdi. 

34. Jasur Azimov Sunnatilla Poyonovga nisbatan qo'pol harakat qildi va sariq kartochka oldi. 

31. Dilshod Yo'ldoshev havodan kelgan uzatmani uzoqlashtirish uchun darvozadan chiqib keldi, bu paytda esa himoyachi va hujumchi to'p uchun kurashayotgandi. Vaziyat yakunlangach, Javohir Jo'raev darvozabonga etiroz bildirdi.

30. Zarba! Tursunovning pasidin so'ng Poyonov darvoza tomon zarba yo'lladi, Potapov o'z o'rnida! 

26. Asilbek Jumaevga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

22. Maydonda kurash teng desak ham bo'ladi, lekin mezbonlar nisbatan faolroq desak ham xato bo'lmaydi. 

18. Shaykulov Tursunovga nisbatan qoidani buzdi. 

15. Zarba! Qanotdan uzatilgan to'pni Bobojonov bosh bilan darvozaga to'g'rilab qo'yishga urindi, sal noaniq. 

10. Uuux! Qanotdan oshirib berilgan to'pni hujumchilar darvozaga yo'naltirishga urindi va qoidani ham buzdi. "Surxon" himoyachisi bu holatda ishonchli o'ynab, to'pni uzoqlashtirdi. 

6. Bu "Xorazm" uchun kutilmagan gol bo'ldi. Jamoa sekin-asta hujum qilishga shaylanmoqda.  

4. GOL! Dostonbek Tursunovning pasidan keyin Sunnatilla Poyonov o'ng oyoqda yo'llagan zarbasi orqali Potapovni ojiz qoldirdi – 0:1!

1. Uchrashuv boshlandi! 

- Bosh hakamning moslamalari ishlamayotgani uchun o'yin boshlanishi kechikmoqda.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика