So’nggi yangiliklar

16:12"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди  2 15:59Халқаро турнир. Хитой U-16 — Ўзбекистон U-16 ўйини учун таркиблар маълум  0 15:20Сон Хён Мин МЛС клубига рад жавобини берди  0 14:36"Манчестер Юнайтед" "Челси" ярим ҳимоячиси учун 40 млн евро тўлашга тайёр  0 13:45Калверт-Льюин Манчестер клубига ўтиши мумкин  1 13:05Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда  6 12:45ОКМК "Машъал"ни кичик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:23Opta: Клублар ўртасидаги ЖЧда ПСЖ фаворит ҳисобланмоқда  17 11:48Факт: "Динамо" Самарқандда 17 йилдан буён "Насаф"ни юта олмаяпти  3 11:22Балотелли Шимолий Америкага йўл олиши мумкин  0 10:45"Жар"даги жанг: Саҳна тайёр, роллар тақсимланган, навбат спектаклга   35 10:17Алонсо ПСЖга қарши учрашув ҳақида фикр билдирди  24 09:45"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади  3 09:08"Навбаҳор"нинг собиқ легионери фаолиятини "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  1 08:34Мусиала қанча муддатга сафдан чиққани маълум  8

Superliga. "So'g'diyona" "Qizilqum"ni kichik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "So'g'diyona" "Qizilqum"ni kichik hisobda mag'lub etdi

Superliga 5-turi doirasidagi "So'g'diyona" – "Qizilqum" bahsi yakunlandi.

Superliga, 5-tur

"So'g'diyona" – "Qizilqum" 1:0
Gol: 38 - Xondamir Mustafoqulov

5 aprel. "So'g'diyona" stadioni. 19:15

Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov

Qanot hakamlari: Zufar Eliboev, Elnur Doniyorov   

Zaxira hakami: Rustam CHoriev

VAR: Firdavs Norsafarov

AVAR: Nayim Qosimov

Nazoratchi: Mamur Saidqosimov  

Komissar: Qudrat Madraimov

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich (s), 3.Islomjon Qobilov, 4.Otabek Ahadov, 7.Muhammadsafo Fozilov, 8.Vladimir Yovovich (17.Samandar Sindarov, 90), 9.Samandar Mavlonqulov, 10.SHohruh Abdurahmonov, 15.Xondamir Mustafoqulov (6.Alisher Salimov,46), 28.Stanislav Andreev (18.Mirjalol Abdumutalov,81), 32.Nodir Soyibov ( 5.Jasur Yoqubov, 59), 33.Oleg Zoteev.

Zaxira: 21.Muhammadyusuf Sobirov,  63.Nizomiddin Farhodov, 68.Sardor Hoshimov, 82.Fazliddin Amonkeldiev, 90.Ulug'bek Kenjaev.

"Qizilqum": 12.Roberts Ozols, 8.Giorgi Kuxianidze, 11.Akaki SHulaya, 13.Nikolay Tarasov, 22.SHahzod Rahmatullaev (17.Muhammadali G'iyosov, 39), 23.Samandar SHukurullaev, 25.Azizbek Usmonov (s), 27.SHahboz Jo'rabekov, 37.SHerzod Fayziev (, 7.Davron Anvarov, 76), 71.Jamoliddin Ubaydullaev (4.Ilhom Vahobov, 46), 77.Fayzullobek Jumanqo'ziev (79.Diyor Raxmatilloev,87). 

Zaxira: 1.Humoyunshox Sayyotov, 9.Humoyun Abdualimov, 24.Abduxoliq Tursunov, 28.Akmal Muzaffarov,  99.Asadbek Asadov.

Ogohlantirish: 6 - Samandar SHukurullaev, 41 - Xondamir Mustafoqulov, 61 - Vladimir Yovovich


YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi

90+3. Abdurahmonovning ajoyib zarbasini Roberts Ozols qiyinchilik bilan qaytardi

90+1. O'zgarish: Yovovich o'rniga Sindarov tushdi

Hakam ikkinchi bo'limga besh daqiqa qo'shib berdi

88. Giorgi Kuxianidzening boshi bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi

87. O'zgarish: Rahmotullaev Jumanqo'zievni alishtirdi

86. Abdurahmonov hisobni o'zgartirdi, biroq yon hakam bayrog'ini ko'tardi

84. Anvarovning navbatdagi zarbasi juda sekin chiqdi va to'pni darvozabon qiyinchiliksiz ushlab oldi

81. O'zgarish: Andreevning o'rniga Abdumutalov maydonga tushdi

79. Anvarovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi

76. O'zgarish: Davronov Fayzievni alishtirdi

71. Yovovich ajoyib harakat qildi va to'pni raqib maydonchasiga qadar olib kirdi, so'nggi soniyalarda Usmonov to'pni burchakka chiqarib yubordi

70. Akaki jarima maydoni ichida to'pni qabul chap oyog'ida noqulay holatda zarba erishga erishdi. Darvozabon to'pni egallab olmoqda…

66. Mezbonlarning ikki nafar futbolchisi maydonda yotibdi, ularga shifokorlar yordam ko'rsatishdi

61. Ogohlantirish: Yovovich hakam tomonidan ogohlantirildi

59. SHulayaning zarbasini darvozabon ushlab oldi

59. O'zgarish: Soyibovning o'rniga Yoqubov maydonga tushdi

Hakam VARga murojaat qildi va penalti yo'q deb hisobladi

53. Akakining zarbasini darvozabon qaytardi. Qaytgan to'pni Tarasov zarba berishi mumkin edi, biroq u jarima maydonchasining ichida yiqildi

52. Jumanqo'zievning zarbasi Salimovga tegib darvozaga ketayotgan joyida Mitrovich qiyinchilik bilan zarbasini bartaraf etdi

46. O'zgarish: Mustafoqulovning o'rniga Salimov maydonga tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi  

Hakam birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berdi

43. Giorgi Kuxianidzening zarbasiga aniqlik etishmadi

41. Ogohlantirish: Mustafoqulov ogohlantirildi

39. O'zgarish: Rahmatullaevning o'rniga G'iyosov maydonga tushdi 

38. GOOOL. Yovovich ajoyib harakat qildi va zarba yo'lladi, qaytgan to'pni jizzaxlik futbolchilar bir necha bor zarba yo'llashdi. Oxirida Mavlonqulov raqib darvozasini aniq nishonga oldi.

36. Jo'manqo'zievning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

34. Bu safar Andreevdan ajoyib uzatma va Ahadovdan zarba, biroq ozgina aniqlik etishmadi

31. Akakidan super uzatma va Tarasov boshi bilan yaxshi zarba bergandi, biroq ozgina aniqlik etishmadi. Mehmonlar ham xavfli vaziyat yaratishdi

30. Usmonov maydon markazida juda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Mavlonqulov yana darvozabon bilan birga bir chiqdi va zarba yo'lladi, bu safar darvozabon ajoyib harakat qildi

25. Mehmonlar hujum qilishga harakat qilishmoqda, biroq so'nggi uzatmada xatoliklar bo'lmoqda

19. Jo'rabekov jarima zarbasini amalga oshirdi. Biroq jamoalar futbol o'ynamoqda, regbi emas

14. Tarasov turdi, u maydonga tushadi. Barchasi joyida

13. Tarasov oddiy holatda jarohat olmoqda, unga shifokorlar yordam ko'rsatishmoqda

9. Jo'rabekov himoyada xatoga yo'l qo'ydi, Mavlonqulov darvozabon bilan birga bir chiqdi va kuchli zarba yo'lladi, biroq zarbaga ozgina aniqlik etishmadi. Hozircha mezbonlarning hujumlari juda xavfli bo'lmoqda

6. Ogohlantirish: Samandar SHukurullaev hakam tomonidan ogohlantirildi

3. Vladimir Yovovichning zarbasini mehmonlar darvozaboni qiyinchiliksiz ushlab oldi

Uchrashuv boshlandi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика