So’nggi yangiliklar

20:38"Барселона" ўйинчиси 2025 йилга қадар сафдан чиқди  2 19:25Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Венгрияга қарши ўртоқлик ўйинлари ўтказади  3 19:06Футбол олами. Хайр, "Насаф", ОКМК ва "Локомотив": Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичи якунлари   2 18:40Карвонларга посбон бўлган сарбон билан Париж сари борамиз  3 18:25"Атлетико" Облакни сотишга тайёр  4 17:56Баҳром Вафоев номидаги стадион прожекторлари талаб даражасига етди  4 17:32"Сурхон" собиқ устози "Нефтчи"да иш бошлади  5 17:15Ўзбекистонлик назоратчи Ироқ – Индонезия баҳсида фаолият юритади  3 16:49Ана холос! Испания УEФА ва ФИФА шафелигидаги мусобақалардан четлаштирилиши мумкин  10 16:30U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон финалда Японияга қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  11 16:10Модрич афсонавий Ференц Пушкаш рекордини янгилади  4 15:40 "Бунёдкор" академияси тарбияланувчилари Хорватияга боради   0 15:20Ихтиёр Ропиев: "Осиё кубогидаги энг яхши ўйинимиз Эрон билан бўлди"  1 14:59U-23 Осиё Кубоги финалини эронлик ҳакам бошқаради  2 14:33"Челси" "Манчестер Сити" юлдузига кўз тикди  2

Sunnatilla Abdullajonov: "Neftchi"ning hozirgi potenciali yuqori o'rinlarni egallashga etadi" Yangiliklar

Sunnatilla Abdullajonov: "Neftchi"ning hozirgi potenciali yuqori o'rinlarni egallashga etadi"

Farg'onaning "Neftchi" jamoasi ayni paytda Antalyada mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.

Ilhom Mo'minjonov shogirdlari bugun Qozog'istonning "Aksu" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Murosasiz o'tgan o'yinda tomonlar murosa ko'chasini tanlashdi. Bahs yakunlangach "Neftchi"ga qishki transferlar vaqtida jalb qilingan Sunnatilla Abdullajonov fikrlarini bildirib o'tdi. 

- "Neftchi" ancha vaqtdan Turkiyadagi yig'in olib bormoqda. SHunday ekan qanday xulosa va taassurotlar olyapsiz?

- Taassurotlar yaxshi. Ayni paytda ko'proq jismoniy holatimiz ustida ishlamoqdamiz. Mavsum startigacha optimal formada bo'lishimiz kerak. Oldinda yana 2ta uchrashuv bor. O'ylaymanki, taktik jihatdan ham ancha shakllanishga ulguramiz.

- Davralar oralig'idagi xorij yig'inlari jamoalarga qanchalik kerak? O'zbekiston va xorijdagi tayyorgarlik o'rtasida tafovut bormi?

- Xorij yig'inlari juda ham foydali, deb o'ylayman. Avvalo turli sparring raqiblar bilan kuch sinashish imkoni mavjud. Ikkinchidan qulay ob havo va maydonlar holati ko'ngildagidek. 

- "Neftchi"da juda yaxshi tarkib yig'ilmoqda. Futbolchilarning potencialidan kelib chiqsak, jamoa qaysi o'rinlarga kurashadi?

- Guvohi bo'layotganingizdek, kuchli va mahoratli futbolchilar yig'ilmoqda. SHuni etiborga olgan holda, murabbiyimiz katta maqsadlarni oldimizga qo'ymoqdalar. Potencialimiz yuqori o'rinlarni egallashga etadi.

- O'rtoqlik  uchrashuvi uchun tanlanayotgan raqiblar qay darajada sparring vazifasini o'tamoqda? 

- Jamoamiz uchun ular begona raqiblardir. Ushbu uchrashuvlar orqali murabbiy tomonidan berilayotgan ko'rsatmalarni bajarishga harakat qilyapmiz.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика