Sulsherning taqdirini "Everton"ga qarshi o'yin hal qiladi
06 noy 2020 16:00
Yangiliklar


Sulsherning taqdirini "Everton"ga qarshi o'yin hal qiladi
"Manchester Yunayted"da tez orada istefo kuzatilishi mumkin.
Jamoaning hozirgi murabbiyi Ole Gunnar Sulsher hafta so'nggida istefoga chiqarilishi mumkin. Agar MYU APL doirasidagi "Everton"ga qarshi o'yinda mag'lubiyatga uchrasa, norvegiyalik mutaxassis klubdan ketadi.
Oldinroq manchesterliklarning "Lester" bosh murabbiyi Brendan Rojersga qiziqish bildirayotgani borasida xabarlar yangragan edi. Tomonlar muzokaralar ham olib borishgan.
"Manchester Yunayted" APLning joriy mavsumida 6ta o'yindan so'ng jadvalda 15-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar