Soligorskning "SHaxtyor" klubi bosh murabbiyi chempionat tugashiga 8 tur qolganida istefoga chiqdi
31 avg 2020 15:31
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/589732_original.jpg)
![](/upload/storage/589732_220.jpg)
Soligorskning "SHaxtyor" klubi bosh murabbiyi chempionat tugashiga 8 tur qolganida istefoga chiqdi
Yuriy Vernidub "SHaxtyor" (Soligorsk) bosh murabbiyligidan istefoga chiqdi.
Bu haqda klubning "Tvitter"dagi rasmiy sahifasi xabar bermoqda.
"Yuriy Vernidub oilaviy sabablarga tufayli o'z xohishi bilan lavozimidan ketishga qaror qildi. Klub murabbiyning talabini qondiradi va yangi murabbiy izlashga kirishadi", - deyiladi xabarda.
Klubdan shuningdek bosh murabbiyning yordamchilari ham ketishgan - Dmitriy Kara-Mustafa, Aleksandr Nogin, Igor Fokin va Valeriy Mixaylenko.
Vernidub klubga 2019 yilda kelgandi. Mutaxassis bunga qadar Luganskning "Zarya" klubida ishlagan.
Hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev to'p tepadigan "SHaxtyor" klubi Belarus chempionatida 22ta turdan so'ng 43 ochko jamg'argan holda etakchilik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
23:40
Qozog'iston Liga kubogi. "Turon" va "Ordabasi" o'rtasidagi o'yinda jangovar durang qayd etildi 1
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar