So’nggi yangiliklar

19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Дада сени жуда яхши кўради ????"  0 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  0 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  3 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  1 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  0 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  5 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  1 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  5 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  22 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  7 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  2 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  1

Ro'ziqul Berdiev: "Raqib toliqib qolgach, ustunlik biz tomonga o'tdi va gol urib g'alabaga erishdik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Raqib toliqib qolgach, ustunlik biz tomonga o'tdi va gol urib g'alabaga erishdik"

Superliga 23-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Xorazm" (2:1) uchrashuvidan so'ng "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- O'yin haqida alohida to'xtalmoqchi emasman, lekin oldingi uchrashuvlarda bo'lgani kabi ochko yig'ishda davom etyapmiz. Hozir eng muhimi shu. Futbolda o'yin esdan chiqadi, lekin natija qoladi. Qisqacha gapiradigan bo'lsam, "Xorazm" bizga yaxshigina qarshilik ko'rsatdi, ular kuch bor paytda vaziyatlar ham yaratishdi. Ikkinchi bo'limda raqib toliqib qolgach, ustunlik biz tomonga o'tdi va gol urib navbatdagi g'alabaga erishdik. Ushbu g'alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman.

- Bugungi bahsda ikki nafar legioner zaxiraga olindi. Bu nima bilan bog'liq?

- Chunki bu o'yinchilarimizning yordami kam bo'ldi, shu bois zaxiraga olishga qaror qildik. Hujumga etibor qaratishimiz kerak edi, shuning uchun boshqa o'yinchilarni maydonga tushirdik.

- Umar Eshmurodov bahs oxirlarida maydonga tushdi.

- Umar ko'p uchrashuvlarda asosiy tarkibda tushib to'liq harakat qilib kelmoqda. Bugun esa unga dam berishga qaror qilgandik. Lekin o'yin borishidan kelib chiqqan holda zaxiradan maydonga tushirdik.

- Yangi kelgan legionerlar nima uchundir jamoaga qo'shilib keta olmayapti.

- "Nasaf" - katta klub va birdaniga yangi o'yinchilarning qo'shilib ketishi oson bo'lmaydi. Shu jumladan, legionerlar ham. Klubga kelgan har bir futbolchi avvalo jamoaga moslashish jarayonini o'z boshidan kechiradi.

- "Al Hilol" bilan o'yinga tayyorgarlik qanday ketyapti?

- Avvalo barcha ishqibozlarni shu o'yinga taklif etib qolaman. "Al Hilol" - Osiyoning eng yaxshi jamoalaridan biri. Jamoa bilan birga yulduzlar ham Qarshiga keladi. Natija qanday bo'lishini bilmadim-u, lekin yigitlarni astoydil tayyorlaymiz. Ham ruhiy, ham jismoniy tarafdan. Birinchi navbatda jismonan tayyor bo'lishimiz kerak.

Shu bahsda 12-o'yinchi bilan harakat qilishni juda xohlaymiz. Yani, muxlislarimiz oxirigacha qo'llab tursa, biz ham bo'shashmaymiz. Ishqibozlar stadionga kela olmagan taqdirda ijtimoiy tarmoqlar orqali qo'llab turishsa bundan ham xursand bo'lamiz. Ayni paytda bizga ruhiy dalda nihoyatda zarur. Shundagina birgalashib kuchli raqibga qarshi kurash olib boramiz.

- Dragan Cheran oxirgi o'yinlarda og'ir ko'rinyapti.

- Cheran - tajribali futbolchi, u "Qizilqum" bilan kechgan bahsda oxirigacha kurashdi. Lekin baribir bu yoshda jismoniy holat pand beradi. Buni to'g'ri qabul qilish kerak. Ammo vaziyat yaratishda va hujumlarni boshlashda faolligi bilan ajralib turibdi. Bir so'z bilan aytganda, uning jamoamizga foydasi tegyapti.

Reyting: +5   

Fikrlar

+2   
26 sen 05:47:18
Шухрат Эргашев
Бердиев кетишини хохловчилар, мабодо Бердиев кетса, Нефтчи ёки МЮ га ухшаб Насаф натижалари ёмонлашиб кетиши мумкин. Манимча Бердиевга Хориж клубларига бориб тажриба алмашиб келишга имкон бериш керак, шароит килиб бериш керак.
+1   
26 sen 01:12:49
rustam
Насаф сегодня слабее чем в предыдущие годы!
+1   
26 sen 00:59:26
Абд
Ro'ziqul aka, endi bir OChLda ham o'zingizni ko'rsatvoring!!! O'tgan galgi voqea(2-4)ni bo'lmagan, deb hisoblaymiz!!! Olg'a "NASAF"!!!
+1   
26 sen 00:59:05
Абд
Ro'ziqul aka, endi bir OChLda ham o'zingizni ko'rsatvoring!!! O'tgan galgi voqea(2-4)ni bo'lmagan, deb hisoblaymiz!!! Olg'a "NASAF"!!!
+1   
26 sen 00:49:15
Artur1801
Насафга омад. Насафга ўхшаши йўқ
+1   
26 sen 00:42:19
Кодиржон
Насафга Рузикул акага омад ал хилол бн уйинда умуман элит лигада супер лигада ашаддий ракиб булсаям элит лигада албатта насафга очл 2 да андижонга мухлислик киламан
   
26 sen 10:09:24
barselona7
BOBIRBEK_URINOV⚽️ foydalanuvchining fikriga javob berish
ЭШШАКНИ КУТОГИНИ ЯХШИ КУРАДИГАН КУЧУКЛАР ХОЗИР КЕЛАДИ...
Biyingni amini yaxshi ko'ruvhilar kеladi hozir nahs bosgan haromvachcha.
-1   
26 sen 02:17:23
BOBIRBEK_URINOV⚽️
ЭШШАКНИ КУТОГИНИ ЯХШИ КУРАДИГАН КУЧУКЛАР ХОЗИР КЕЛАДИ...
-4   
26 sen 09:32:23
mirabzal
кейинги уйинда курамиз насафи ахволини уртамиёна аамандалани зурга юутвоти
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика