Sobolev: “MYUga o'tishim mumkin edi? Bu yolg'on, ammo “Arsenal” kuzatishga kelgan”
07 may 2020 19:30
Yangiliklar


Sobolev: “MYUga o'tishim mumkin edi? Bu yolg'on, ammo “Arsenal” kuzatishga kelgan”
“Spartak” forvardi Aleksandr Sobolev “Manchester Yunayted” uni sotib olmoqchi bo'lgani haqidagi xabar haqiqatga to'g'ri kelmasligini aytdi.
“MYUga o'tishim mumkin edi? Bu yolg'on. Biladigan yagona narsam shuki, “Arsenal” o'yinimni kuzatish uchun kelgan, ammo skautlar butun dunyodagi futbolchilar o'rganib borishadi.
Qaysi uchrashuvga kelishgandi? “Sochi”ga qarshi. O'shanda ikkita gol urdim, lekin penaltini aniq amalga oshira olmadim. Skautlar foydali ishni yoqimli bilan birlashtirish, dengizda suzish va futbolga nazar solib ketish uchun tashrif buyurishgan”, deydi hujumchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar