So’nggi yangiliklar

19:51ПРО-Лига. "Шўртан" камчиликда "Қўқон-1912"ни мағлубиятга учратди  0 19:36Начо Европанинг бошқа клуби шарафини ҳимоя қилмайди  0 19:17Ҳакамлар Суперлига 6-тур ўйинларида нечта хатога йўл қўйишди?  1 19:06Жоржиньо "Арсенал" билан янги шартнома имзолади  0 18:31Зиеш "Челси"га қайтмайди  2 18:11"Барселона" Кубарси билан янги шартнома имзолади  5 17:50Фоден, Деклан Райс, Сака ва бошқалар — АПЛ мавсумнинг энг яхши футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  3 17:27"Тоттенхэм" таркибини тубдан ўзгартиради  0 17:12ПРО-Лига. "Дўстлик" - "Машъал": Асосий таркиблар маълум  2 16:55Моуриньо: "Ўша таклифни рад этиб, хато қилганман"  5 16:41ПРО-Лига. "Шўртан" – "Қўқон-1912": Асосий таркиблар маълум  1 16:23Ўзбекистон футзал МТЖ дунёнинг биринчи рақамли жамоаси билан ўртоқлик ўйинлари ўтказади  10 16:05"Манчестер Юнайтед" АПЛ юлдузи учун курашга қўшилди  1 15:44Холанд АПЛнинг "энг яхши ёш футболчиси" соврини қўлга киритиши мумкин   5 15:21Стефано Пиоли А Сериянинг бошқа бир грандида иш бошлаши мумкин  0

Sluckining aloqaga chiqqani, "Rubin"ga qachon borib qo'shilishi va boshqa jamoalarning taklifi - Umarali Rahmonaliev Yangiliklar

Sluckining aloqaga chiqqani, "Rubin"ga qachon borib qo'shilishi va boshqa jamoalarning taklifi - Umarali Rahmonaliev

"Bunyodkor" yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliev Rossiyaning "Rubin" klubi bilan kelishuvga erishganidan xabaringiz bor.

Yaqinda 19 yoshni qarshi olgan futbolchi endilikda faoliyatini Rossiyada davom ettiradi. Faqatgina u yangi jamoasiga qachon borib qo'shilishi mavhumligicha qolmoqda. Saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarov Rahmonaliev bilan suhbatlashdi. 


Rasman: "Bunyodkor" o'yinchisi Rahmonaliev "Rubin"ga o'tadi


- "Rubin" taklifi qachon va kim tomonidan bo'ldi?

- Birinchi davra yakunlanishi arafasida "Rubin" qiziqish bildirayotgani malum bo'ldi. Agentlarim tomonidan bosh murabbiy Leonid Sluckiyga  o'yinlarim tushirilgan videotasvirni ko'rsatilgan ekan. Hammasi shundan keyin boshlandi. Agentlar va murabbiy menga aloqaga chiqishdi. Jamoaga taklif qilishdi. 

- Legionerga aylanishga o'zingizni qanchalik tayyorman, deb o'ylaysiz? 

- Xorijda to'p tepish qanday bo'lishini boshimdan o'tkazmaganman. Futbolda qattiq mehnat va matonat evaziga yuksak marralarni zabt etish mumkin. Hammasini vaqt ko'rsatadi. 


- Boshqa jamoalardan ham takliflar bormidi? Nima uchun aynan "Rubin" varianti tanlandi?

- Albatta takliflar bo'ldi. Menga ko'proq "Rubin" maqul keldi. Rossiya chempionati ko'plab o'zbekistonlik futbolchilarga tramplin vazifasini o'tab beradi.  

- Yangi jamoangiz safiga qachon borib qo'shilishingiz aniq bo'lib ulgurdimi?

- "Rubin"ga qachon borishim nomalum. 


"Rubin" Rahmonalievni ushbu yozdayoq o'z tarkibida ko'rmoqchi


- "Bunyodkor" so'nggi o'yinlarni muvaffaqiyatsiz o'tkazmoqda...

- Buni omadsizlik bilan bog'lagan bo'lardim. Butun jamoadan tortib oddiy ishchiga qadar borini beryapti. Mehnat hech qachon samarasiz qolmaydi. Ishlashda davom etamiz. "Bunyodkor"ning natijalarini yaxshilash uchun bor kuchimizni sarf qilamiz. Buni amalda ko'rsatamiz. 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика