So’nggi yangiliklar

09:34EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум  1 08:58Sofascore. Кечаги учрашув учун "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  3 08:20Про лига. Бугун мавсумдаги сўнгги тур учрашувлари бўлиб ўтади  0 07:36EЧЛ турнир жадвали. «Ливерпул»да юз фоизли натижа. «Реал» 24-ўринда  23 03:42Небойша Йовович: "Насаф" бугун креативлик ва бўшлиқ яратишда оқсади. Биз эса интизомни сақлаб қолдик"  1 03:00ЕЧЛ. "Ливерпуль" "Энфилд"да "Реал Мадрид"ни ожиз қолдирди. Мбаппе муҳим паллада пенальтидан гол ура олмади  190 02:55ЕЧЛ. "Ювентус" ва "Астон Вилла" дуранг ўйнашди. "Боруссия Д"да йирик ғалаба ва бошқа натижалар  8 02:14Руд ван Нистелрой шу ҳафтанинг ўзида АПЛ клубида иш бошлайди!  0 00:50ОЧЛ-2. "Насаф" ўз уйида Қувайт клубига мағлуб бўлди, Комилов иккинчи голда қўпол хатога йўл қўйди  8 00:03"Бавария" Носир Ал Ҳелайфидан узр сўради  1 23:30ОЧЛ 2. "Шабаб Ал Аҳли" 0:2 ҳисобида орта бора туриб, якунда супер камбэк қайд этди. "Насаф" расман гуруҳда қолиб кетди  13 22:59Жамшид Искандеров "Навбаҳор"ни тарк этди(ми?)  19 22:37Рўзиқул Бердиев: "Мавсумнинг қайсидир қисмида 12 та мағлубиятсиз серия қайд этаётгандик, ҳозир эса кетма-кет тўртта мағлубият. Жуда ҳунук ҳолат"  79 21:51Тони Кроос "Golden boy" тақдимотида йил ўйинчиси мукофотига лойиқ кўрилди  4 21:2517 ёшли Ламин Ямаль "Golden Boy" совринини қўлга киритди!  10

Hakamlar Superliga 6-tur o'yinlarida nechta xatoga yo'l qo'yishdi? Yangiliklar

Hakamlar Superliga 6-tur o'yinlarida nechta xatoga yo'l qo'yishdi?

Rossiyalik ekspertimizdan hakamlik tahlili.

Championat.Asia'ning hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" telegram kanali) Superliga 6-tur o'yinlaridagi bahsli epizodlarni tahlil qildi.


✅ "Andijon" - "So'g'diyona" VIDEONI KO'RISH

To'p "So'g'diyona" o'yinchisining elkasi, boshqacha qilib aytganda "engi uzun bo'lmagan libos hududi"ga tekkan. Bu qo'lning normal holati, hech qanday penalti haqida gap-so'z bo'lishi mumkinmas. To'p tekkan payt qo'l tanaga yopishib turgandi va uning hajmini oshirgani yo'q, shuningdek qo'lning atayin harakati mavjudmas. VAR aralashmay to'g'ri qildi.


✅ "Andijon" - "So'g'diyona" VIDEONI KO'RISH

Hakam o'yinni davom ettirib, VAR esa epizodga aralashmay to'g'ri qildi. "So'g'diyona" o'yinchisi "Andijon" darvozaboni bilan 1ga 1 vaziyatga chiqmoqda. Jarima maydonchasiga kirishda "Andijon" himoyachisi ortdan turib ikki bor qoidani buzishga urinmoqda: u qo'li bilan raqibni ushlamoqda, ammo hujumchi yiqilmadi va keyingi harakat bilan darvoza tomon zarba berdi. SHunday qilib, himoyachi yakuniy natijaga tasir qilmadi – "So'g'diyona" forvardi darvoza tomon zarba bera oldi. Agar u birinchi yoki ikkinchi kontaktda yiqilganida, hakam "Andijon" himoyachisiga gol urish uchun yaqqol imkoniyatdan mahrum qilgani uchun qizil kartochka ko'rsatishi kerak bo'lardi.


❌ "Navbahor" - "Lokomotiv" VIDEONI KO'RISH

Hakam bu vaziyatda "Lokomotiv" himoyachisiga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatishi kerak edi. Bu gol urish uchun yaqqol imkoniyatdan mahrum qilish va VAR vaziyatga aralashishi kerak edi. "Lokomotiv" himoyachisi oldida jamoadagi sherigi yo'q, to'p darvoza tomon yo'nalgan va "Navbahor" hujumchisi nazorati ostida edi. To'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatish uchun barcha asoslar bor edi. Ha, qizil kartochka yakunda "Lokomotiv" himoyachisi uchun ikkinchisi bo'ldi, ammo bu uning uchun ilk ogohlantirish bo'lganida nima bo'lardi?


? "Bunyodkor" - "Surxon" VIDEONI KO'RISH

Bizda bitta rakursdan olingan lavha bor va bu fol yo'q yoki borligi bo'yicha yuz foiz isbotni bermaydi. Agar bor takrorni ko'rsak, unda "Bunyodkor" himoyachisi tomonidan "Surxon" o'yinchisining beliga engil itarish borligini ko'ramiz. Bu zamonaviy talablar bo'yicha jarima maydonchasi ichida penalti belgilash uchun etarli kontakt emas. Hakam yakunda o'yinni davom ettirish bilan to'g'ri qaror qabul qildi deb o'ylayman. VAR aralashmay to'g'ri qildi.


❌ "Bunyodkor" - "Surxon" VIDEONI KO'RISH

Bu erda "Bunyodkor" hujumchisi tomonidan fol ko'rmayapman. Hakam u "Surxon" himoyachisining belidan itargan, so'ngra qo'li bilan o'ynagan deb topdi shekilli. Menimcha, agar kontakt bo'lganda ham u juda engil edi va epizodga tasir qilmasdi. "Surxon" darvozasi tomon himoyachining qo'l bilan o'yini uchun sariq kartochkasiz penalti belgilash kerak edi. VAR vaziyatga aralashishi lozim edi.


❌ "Qizilqum" - "Neftchi" VIDEONI KO'RISH

"Qizilqum" o'yinchisi uzatmani amalga oshirdi, aniqrog'i o'z harakatini yakunladi, shundan so'ng "Neftchi" o'yinchisi inerciya bilan unga urildi. Mudofaa o'yinchisi harakatlarida beparvolik yo'q, kontakt ehtiyotsizlik sabab ro'y bermoqda, to'pni egallash joyida qo'pollik yo'q. Bularning barchasi "Qizilqum" o'yinchisiga uzatmani yakunlashga halal berolmasdi. Hakam bu erda o'yinni davom ettirishi kerak edi deb hisoblayman. VAR protokol bo'yicha epizodga aralasha olmaydi.

P.S. Qayd etish kerakki, "Qizilqum" ushbu jarimadan so'ng hisobni tenglashtirdi. SHunday ekan, ushbu xato to'g'ridan-to'g'ri o'yin natijasiga tasir qildi.


???? "Paxtakor" - "Metallurg" VIDEONI KO'RISH

Bu erda o'yinchilarning oyoqlari o'rtasida kontakt ko'rmadim. Ha, "Paxtakor" o'yinchisi tavakkal qildi – u to'pga tezlik bilan intilgan va jarima maydonchasiga yorib kirgan "Metallurg" o'yinchisining harakat yo'nalishiga chiqdi. Bizda bor takroriy vaziyat bilan kontakt borligini ishonch bilan aytib bo'lmaydi. Agar hakamlarda buni tasdiqlovchi boshqa rakurslar bo'lsa, "Paxtakor" darvozasiga belgilangan penalti to'g'ri bo'ladi. VAR teletranslyaciyada ko'rsatilgan kameralar bilan takroriy vaziyatlar bo'lgan taqdirda aralasha olmaydi.


✅ "Paxtakor" - "Metallurg" VIDEONI KO'RISH

"Metallurg" o'yinchisi vaziyatning birinchi qismida o'yindan tashqari holatda turibdi va to'pga oyoq bilan tegmoqda. Agar u to'xtaganda va epizodda ishtirok etmaganda, ikkinchi o'yinchi esa gol urganda, bu hisoblangan bo'lardi, sababi to'p chizig'i bo'ylab to'g'ri holatda edi.


✅ "Paxtakor" - "Metallurg" VIDEONI KO'RISH

Menimcha, hakam bu erda haq. VAR bunday epizodga aralasha olmaydi. "Paxtakor" o'yinchisi ortga harakatlanmoqda, "Metallurg" o'yinchisi esa qo'lni ishlatmagan va raqibni itarmagan holatda yuqoriga sakramoqda. Himoyachining yiqilishi aynan ortga harakatlangani sabab sodir bo'lmoqda. Elka bilan ruxsat berilgan engil kontakt. Bu erda "Paxtakor" himoyachisining reakciyasi namoyishkorona chiqqan: u bir necha soniyadan so'ng hech narsa bo'lmagandek turib, o'yinni davom ettirib ketmoqda.


✅ OKMK – "Nasaf" VIDEONI KO'RISH

Hakam golni hisobga olib to'g'ri qildi. "Nasaf" o'yinchisi kontaktdan o'zini olishga harakat qildi. To'qnashuv OKMK darvozaboni darvozadan chiqishini hisobga olmagani sabab ro'y berdi va to'p jamoadagi sherigidan qaytdi. Agar darvozabon to'pni egallab olganda va shundan so'ng kontakt ro'y berganda, qoida buzilishi haqida gapirsa bo'lardi.


❌ OKMK – "Nasaf" VIDEONI KO'RISH

Menimcha, hakam VARni ko'rganidan so'ng penalti belgilamay xatoga yo'l qo'ydi. "Nasaf" o'yinchisi to'pni yoniga tashlamoqda, OKMK himoyachisi esa to'pga o'ynamayapti va ehtiyotsizlik sabab raqibni yiqitgan holda fol amalga oshirmoqda. To'p "Nasaf" o'yinchisi nazorati ostida edi. VAR vaziyatga aralashib to'g'ri qildi. OKMK himoyachisining harakatiga ehtiyotsizlik yo'q, shu sabab hakam penalti belgilashi va unga sariq kartochka ko'rsatmasligi kerak edi.


SHunday qilib, Superliga hakamlari 11ta epizoddan 4tasida xatoga yo'l qo'yishdi. Yana ikki vaziyatda takroriy vaziyat sifati pand berdi va ekspertimiz yakunda hakam to'g'ri yoki noto'g'ri qaror qabul qilganini aniqlay olmadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика