So’nggi yangiliklar

13:26Дембеле – 2025 йилда голли ҳаракатлар бўйича Европанинг энг яхши футболчиси  0 12:57Мавсум давомидаги энг кўп томошабин Суперлиганинг 18-турига келди  4 12:34Расман: "Милан" Бельгия терма жамоаси аъзоси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 12:10Ямаль ўзининг хатти-ҳаракати билан Фликни ғазаблантирди. "Барселона" мураббийи нимадан норози?  5 11:48"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси   11 11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  6 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  15 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  1 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  3 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  2 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  5 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  2 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  4 02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  36

ECHL. Kambeklar qiroli "Real" "Bavariya"ni taslim qilib, finalga yo'l oldi. Xoselu – qahramon! Yangiliklar

ECHL. Kambeklar qiroli "Real" "Bavariya"ni taslim qilib, finalga yo'l oldi. Xoselu – qahramon!

Evropa CHempionlar Ligasi yarim final bosqichining javob bahsida "Real Madrid" "Bavariya"ni fantastik tarzda mag'lub qildi.

"Real Madrid" (Ispaniya) – "Bavariya" (Germaniya) 2:1

Gol: 0:1 – 68 Devis, 1:1 – 88 Xoselu, 2:1 – 90+1 Xoselu.

Dastlabki o'yin: 2:2

Real Madrid – Lunin, Karvaxal, Nacho, Ryudiger, Mendi, Valverde (Xoselu, 81), Bellingem (Militao, 90), Kroos (Modrich, 69), Tchuameni (Kamavinga, 70), Vinisius Junior, Rodrigo (Braim Dias, 81).

Bavariya – Noyer, Dayer, de Ligt, Mazraui, Pavlovich, Laymer, Kimmix, Sane (Kim Min CHje, 76), Musiala (Myuller, 84), Keyn (SHupo-Moting, 85), Gnabri (Devis, 27).

Ogohlantirishlar: Kamavinga (90+11).

Real Madrid

Joselu - 88', Joselu - 90'

Champions League Final Stage . Semi Finals-tur

09/05/2024, 01:00

1
:
2
Tugadi

Bayern Munich

Alphonso Davies - 68'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 76579 tomoshabin

Bosh hakam: Szymon Marciniak

45'
90'
69'  Toni Kroos (Luka Modric)
69'  Aurelien Tchouameni (Eduardo Camavinga)
71'  Matthijs de Ligt
81'  Rodrygo (Brahim Diaz)
81'  Federico Valverde (Joselu)
88'  Joselu
88'  Vinicius Junior
90'  Joselu
90'  Antonio Ruediger
90'  Jude Bellingham (Eder Militao)
90'  Eduardo Camavinga
27'  Serge Gnabry (Alphonso Davies)
68'  Alphonso Davies
68'  Harry Kane
76'  Leroy Sane (Min-Jae Kim)
84'  Jamal Musiala (Thomas Mueller)
84'  Harry Kane (Eric Maxim Choupo-Moting)
90'  Thomas Tuchel

90+14. O'yin yakunlandi! "Real Madrid" finalda! "Borussiya D" va "Real" finalda o'ynaydi. Manzil – "Uembli"!

90+13. GOOOL! "Bavariya"! Yo'q, ofsayd bor ekan. De Ligt urgan gol ofsayd sabab bekor qilindi.

VAR orqali gol toza ekani malum bo'ldi. Xoseluning umridagi eng omadli o'yin, demoqda sharhlovchilar. Haqiqatdan ham.

90+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Xoseludan dubl! "Bernabeu"da 90+ daqiqa futbol o'ynaladi!

90+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Yana hisoblanmaydimi? VARga murojaat qilamiz. 

90. "Real" o'zining eng xavfli ko'rinishini ko'rsatmoqda. 

88. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Real Madrid"! Noyer deyarli egallab olgan to'pini qo'lidan chiqarib yubordi, qaytgan to'pni Xoselu darvozaga joylab qo'ydi!

85. O'ZGARISHLAR. Musiala maydonni tark etdi, Myuller maydonda paydo bo'ldi. Keyn ketdi, SHupo-Moting maydonga tushdi.

84. Manuel Noyer ayni daqiqaga qadar uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi bo'lib turibdi.

83. VINIIIII!? Qanday qilib? Ryudiger havodan uzatgan to'pni Vinisius Junior darvozaga aniq yo'llay olmadi. Juda qulay imkoniyat ko'kka sovurildi.

76. O'ZGARISH. Leroy Sane o'rniga Kim Min Je maydonga tushdi.

75. O'yin shunchaki olov! Olov! Yonmoqda!

73. "Real" urgan gol VAR sabab bekor qilindi. Nacho hujumda qoidani buzgani malum bo'ldi. 

73. Vaziyatga VAR aralashmoqda!

71. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Real" qaytmoqda! Biroq, bu gol inobatga olinarmikan?

68. GOOOOOOOOOOOOOL! "Bavariya"! Alfonso Devis o'qday zarba yo'lladi va to'pni darvozaga tiqib yubordi!

66. ZARBAA! Musiala jarima maydoni ichidan zarba yo'lladi. Lunin to'pni chiqarib yubordi. Burchak zarbasi. 

65. Karvaxal o'z zarbasi bilan yuqori sektordagi muxlislarni nishonga oldi.

60. ZARBAAAAAAAAAAAA! Vini jarima maydoni ichidagi hammadan o'tib, zarba yo'lladi. Noyerdan esa navbatdagi fantastik seyv. "Real" yaqinlashmoqda...

58. ZARBAAAAAAAAA! Rodrigo jarima zarbasidan super zarba yo'lladi! Noyerdan esa super seyv.

57. Bellingem, Rodrigo va Vini "Santyago Bernabeu"dan jonlanishni so'rashmoqda!

55. Uxxx! Qanday qilib? Vini qanotdan yorib kirdi va to'pni Rodrigoga oshirdi. Rodrigo esa birgina teginishda to'pni darvozaga yo'lladi. Bir necha santimetr etishmadi. Zarba noaniq.

53. ZARBAAAAA! Keyndan xavfli zarba. Lunindan ajoyib seyv!

45. Ikkinchi bo'lim start oldi.

45+1. Tanaffus! Birinchi bo'limda hisob ochilmadi!

45. Birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berildi.

44. ZARBA! Mazraui uzoq masofadan o'z omadini sinab ko'rdi. Bu zarbani Lunin egallab oldi.

39. Uxxxx! Vinisiusning chap qanotdan bergan uzatmasi zarbaga aylanib ketdi. Noyerdan yana bir yaxshi seyv. 

36. Vini qanotdan yorib kirdi va deyarli 3 futbolchini aldashga erishdi, ammo yakuniy pasni berishga kechikdi. Mendi esa bundan hafa bo'ldi.

28. ZARBAAAAAA! Keyn! Harri havodan kelgan to'pni to'xtatmay darvozaga yo'lladi. Lunindan ajoyib seyv. Burchak zarbasi.

27. O'ZGARISH. "Bavariya" majburiy almashtirishga qo'l urdi. Serj Gnabri jarohat sabab maydonni tark etdi. Uning o'rnida Alfonso Devis harakat qiladi.

23. Rodrigo qanotdan ajoyib yurishni amalga oshirdi va to'pni jarima maydoni ichidagi Vinisiusga oshirdi. Viniga raqib imkon qoldirmadi.

16. Noyer Noyer bo'lmay qoladi, agar u darvozasi yaqinida raqib hujumchisini aldab o'tmasa. 

15. Vinisius jarima maydoni tashqaridan yana bir zarba berdi. Ancha noaniq. 

13. ZARBAAAA! Vinisiusning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. Qaytgan to'pga Rodrigo yana bir zarba berdi. Noyer esa to'pni egallab oldi. "Real" golga juda yaqin keldi.

8. Dastlabki zarba (uzatma aralash) Gnabri hisobiga yozilmoqda, ammo noaniq.

7. "Real" oxirgi daqiqalarda "Bavariya"ga yuqori bosim uyushtirmoqda.

5. Kroos o'tgan o'yinda bergan pasi kabi uzatmani qaytarishga erishdi. Sanening pasi o'tganda bormi...

4. "Real" to'pni ehtiyotkorlik bilan nazorat qilmoqda.

1. "Real" ilk daqiqadanoq burchak to'piga ega bo'ldi. "Bavariya" burchakdan uzatilgan to'pni bartaraf etdi.

1. O'yin start oldi! 

- ECHL madhiyasi yangramoqda. 

- Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda.

Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Bugun "Santyago Bernabeu" yonadi. "Real Madrid" va "Bavariya" klublari Evropa CHempionlar Ligasi finali uchun hayot-mamot to'qnashuvida ishtirok etishadi.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика