O'zbekiston futzal MTJ dunyoning birinchi raqamli jamoasi bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi
09 may 2024 16:23
Yangiliklar


O'zbekiston futzal MTJ dunyoning birinchi raqamli jamoasi bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi
Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi 6, 8 sentyabr kunlari FIFA reytingi etakchisi – Braziliya terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.
O'zbekiston – Braziliya
6, 8-sentyabr
Avvalroq FIFA prezidenti Janni Infantino O'zbekistonda o'tadigan Jahon chempionatida yuqori sifatli o'yinlar bo'lishini kutayotganini malum qilgan edi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston mezbonligidagi mundial 14 sentyabrdan 6 oktyabrga qadar davom etadi. FIFA Jahon chempionati-2024 musobaqasining rasmiy qura tashlash marosimi shu yilning 26 may kuni Samarqand shahrining afsonaviy Registon maydonida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar