Fevzi Davletov: "Hisob 3:0 bo'lganida natija uchun o'ynashimiz to'g'ri bo'lardi"
06 may 07:46
Yangiliklar
Fevzi Davletov: "Hisob 3:0 bo'lganida natija uchun o'ynashimiz to'g'ri bo'lardi"
Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Surxon" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Turnir jadvalini hisobga olganda ham ikki jamoaga ochko zarur edi. Birinchi bo'limda omadimiz keldi va ikkita gol urdik. Etarlicha vaziyatlar yaratdik, gollar bundan ham ko'p bo'lishi mumkin edi. Ikkinchi bo'limda ko'proq hisobga o'ynadik. SHu bois o'yin tenglashdi.
Tanaffusda istalgan holatda ham himoyaga yotmaslikni aytgandik. Ikkinchi bo'limda harakatlarimizga qo'shishimiz, to'p nazoratiga etibor qaratishimiz kerak edi. Hisob 3:0 ko'rinishiga kelganida bemalol natijaga o'ynashimiz to'g'ri bo'lardi",- deydi Fevzi Davletov.
Fikrlar