Zohir Pirimov: "Paxtakor" – "Neftchi" o'yinida imkoniyatlar teng"
13 sen 09:21
Yangiliklar
Zohir Pirimov: "Paxtakor" – "Neftchi" o'yinida imkoniyatlar teng"
O'zbek futboli markaziy bahslaridan biri sanaladigan "Paxtakor" – "Neftchi" uchrashuvi oldidan sobiq futbolchi Zohir Pirimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Uning takidlashicha, har ikki jamoa ham yaxshi formada bo'lib, bu bellashuvdan qiziqarli va dramatik o'yin kutish mumkin.
— "Hozirgi paytda har ikki jamoa ham ketma-ket g'alabalarga erishmoqda. Shunga ko'ra, o'yinning qizg'in o'tishi shubhasiz. Bellashuv Toshkentda o'tishi "Paxtakor" uchun muayyan ustunlik berishi mumkin, shu bois ular ko'proq hujumkor o'yin namoyish qilishga intiladi. "Neftchi" esa qarshi hujumlardan foydalanishga harakat qilishi tabiiy. Menimcha, imkoniyatlar 50/50. Balki durang ham qayd etilishi ehtimoldan xoli emas", — deydi Pirimov.
Malumot uchun, uchrashuv bugun "Jar" stadionida 19:00da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Нефтчи" Ғузорда ишончли ғалабага эришди
Fikrlar