Ekspyert minbari: Zohir Pirimov Supyerliganing bugungi bahslarida kimlarga ishonmoqda?

12 apr 2026, 10:30
Bugun futbol bo'yicha O'zbekiston Supyerligasida 7-tur bahslariga start byeriladi. Turning ilk kunidan o'rin olgan uchta qiziqarli uchrashuv oldidan tajribali sobiq futbolchi Zohir Pirimov o'z fikrlari va taxminlari bilan o'rtoqlashdi.

"Navbahor" – "Surxon"

Bu o'yinda "Navbahor" favorit jamoa bo'lib ko'rinmoqda. Klub turdan turga o'z o'yinini yaxshilab bormoqda. "Surxon"da esa muammolar ko'zga tashlanyapti, shu sababli "Navbahor"ning g'alabasini kutish mumkin.

​ "Dinamo" – "Lokomotiv"

Bu bahsda "Dinamo"ning imkoniyatlari ko'proq. Jamoa o'z uyida o'ynaydi va g'alaba uchun harakat qiladi. Lekin "Lokomotiv" ham tajribali jamoa, shu bois yaxshi o'yin bo'lishiga shubha yo'q. Ikki jamoa ham to'p nazoratini yaxshi ko'radi.

​ "Andijon" – OKMK

Hozirgi kunda bu klublar bir-biriga daraja jihatidan yaqin jamoalar hisoblanadi. Ikkala klubga ham ochko juda zarur, shu sababli yopiqroq o'yin kutyapman. Bu bahsda asosan standart vaziyatlar o'yin taqdirini hal qilsa kyerak.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia