So’nggi yangiliklar

17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  0 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  0 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  2 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  7 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  4 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  5 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  14 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12

Sergey Lushan: “Jamoaga nima etishmayotganligini bilganimda, eng baxtli inson bo'lardim” Yangiliklar

Sergey Lushan: “Jamoaga nima etishmayotganligini bilganimda, eng baxtli inson bo'lardim”

O'zbekiston Superligasining 21-turidan o'rin olgan “Navbahor” - “Surxon” (0:0) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

Bugungi o'yin haqidagi fikringiz...

- Uchrashuv biz uchun juda qiyin kechdi. Ko'plab hujumlar uyushtirgan bo'lsakda, realizaciya borasida muammolarga duch keldik. Bu holatni izohlashdan ojizman. O'yinni yaxshi boshlaymiz, keyin esa individual mahoratni ishga solish, shoshqaloqlik bilan o'yin namoyish etamiz. Hujumda omadimiz kelmayapti. Birinchi davrada hammasi o'z joyida edi. Ikkinchi davrada esa negadir hujumdagi ishlarimiz yurishmayapti. 

Jamoadagi ichki muhit qanday va “Navbahor”ga ayni paytda nima etishmayapti?

- Jamoaga nima etishmayotganligini bilganimda, eng baxtli inson bo'lardim. Mashg'ulotlar va o'rtoqlik o'yinlarida barchasi ko'ngildagidek kechmoqda, ammo rasmiy uchrashuvlarda o'yinimiz unchalik o'xshamayapti. Lekin yigitlarga bu borada etiroz yo'q. Chunki ular harakat qilishyapti. Shuningdek, ko'rpani o'ziga tortayotgan o'yinchilar ham bor. Futbol jamoaviy o'yin, har kim o'z individual mahoratini ishga soladi, degani emas. Bugungi o'yinning ham ilk daqiqalarida 2 ta golli vaziyat yuzaga keldi. Ammo bundan foydalana olmadik.

Albatta, baxtli yashayotgan, shuningdek, janjalli, ajrashayotgan oilalar bor. Jamoa g'alaba qozona olmasa, muhit yaxshi bo'lishi dargumon. Klub rahbarlari, jamoa murabbiylar shtabi, shuningdek, futbolchilar ham bunday vaziyatda bosim ostida qolishadi. Endi hammasini tahlil qilib, oldinga qarab, harakatlanish lozim.

Dostonbek Abdulhaevning bugungi o'yiniga qanday baho berasiz?

- Menimcha, u alo darajada o'ynadi. Hozir futbolchilarning o'yinlariga baho berish emas, bugungi bellashuvdagi xato va kamchiliklarni tahlil qilishimiz lozim. Ayrim paytlarda xatolarga yo'l qo'yilyapti hamda buni  to'g'rilash kerak. Jamoadoshining xatosini yopgan futbolchining esa intellektual mahorati yuqori bo'ladi. Abdulhaev doimo yaxshi o'yin namoyish etadi. Biz har bir uchrashuvda yangi futbolchini maydonga tushirishga intilyapmiz. Oldiniga Mo'ydinov, bugun esa Islomov. Shu tariqa, sekin-astalik bilan tarkibni yangilab boryapmiz. 

Bugungi bahsda futbolchilarda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq kamroqdek ko'rindi. Bundan tashqari, ayni paytda jamoaning Superligada sovrinli o'rinlar uchun kurashda imkoniyatlari pasayib ketdi, shuningdek, O'zbekiston kubogi bahslarida ham omadsizlikka uchradi. Balki ushbu omillar ham futbolchilarga o'z tasirini o'tkazayotgandir? Keyin kelasi yilgi mavsumga tayyorgarlik borasida o'ylash vaqti kelmadimi? Chunki intervyularingizdan birida 2-3-yil ichida chempionlik uchun kurashadigan jamoa tuzamiz, degandingiz... 

- Yigitlarda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq kam bo'ldi, degan gapingizga qo'shilmayman. Shogirdlarim harakat qilishdi, faqat omad kelmadi. Nega bunday bo'layotganligini esa tushuntira olmayman. Bunday holatlar har bir jamoada bo'lib turadi. Birinchi davrada O'rinboev juda yaxshi o'ynayotgandi. Hozir esa o'yini chiqmayapti. Tarkibda ikki-uch nafar etakchilarning borligi  ko'ngilni xotirjam qiladi. Biroq ayni paytda “Navbahor”da bunday futbolchini ko'rmayapman. 

Albatta, raqiblar ham jamoamizning o'yinlarini tahlil qilib, kuchli taraflarini o'rganishadi. Tarkibimizda 24 nafar futbolchi bor. Ulardan 14 nafari joriy mavsumning so'nggi qishki o'quv-mashg'ulot davomida jamoa tarkibiga qo'shilgan. Ularning ko'pchiligi yosh mahalliy futbolchilar.Ularni sekin-asta asosiy tarkibga tayyorlab boramiz.

“Mashal” jamoasini yirik – 6:0 hisobida mag'lubiyatga uchratganimizdan keyin jamoa mashg'ulotlar jarayoni va o'yinida ham o'sish yuz berdi. Ammo O'zbekiston kubogi musobaqasini alamli tarzda tark etdik. Endi buyog'iga hammasini unutib, faqat oldinga qarab intilish, kimdir tashabbusni o'z qo'liga olishi kerak. Shunday etakchi futbolchi etishmayapti, hozircha jamoada. O'tgan mavsumda esa Hamrobekov, Iskanderov singari shunday salohiyatga ega futbolchilar bor edi. Ular bilan birga Boltaboev ham ancha yaxshi o'yin namoyish etardi. Mazkur o'yinchilar jamoa uchun qiyin vaziyatlarda barcha masuliyatni o'z zimmalariga olishardi. Hozir esa bunday futbolchini “Navbahor”da ko'rmayapman.


Reyting: -2   

Fikrlar

+4   
13 sen 09:50:52
Sardorbek..
Jamoanga murabbiy yetishmayapti
+3   
13 sen 09:27:12
Zohidjon Usarov
Ички мухит дабдала уз жамоадоши Уринбоевга тупни оширмай узи дарвозага кийшик тепгани учун этироз билдирганида унга караб 3марта иди наху& деб жавоб берди.
+2   
13 sen 11:11:31
Poison
nima yetishmayaptimas Lushan kuplik qilyapti bu natijani Musa aka ham qilaverardi
+2   
13 sen 10:01:02
MuhlisUz
" Ҳужумда омадимиз келмаяпти. Биринчи даврада ҳаммаси ўз жойида эди. Иккинчи даврада эса негадир ҳужумдаги ишларимиз юришмаяпти. Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим. "

Алишер Одилов етишмаяпти ва энг асосийси сенинг тажрибанг етишмаяпти!!!
+2   
13 sen 09:40:30
Redminote13
Одиловни олиб қолиш чораларини кўриш керак эди.
+2   
13 sen 09:13:47
Жамшид Jamshid
Уткан интервью да бир хил уйинчиларни айблаб Ман муррабий эканман уша уйинчилар уйнамиди деганди. Битта дарвозабон йук эди. Колган хаммаси бор. Эркак бул айбини тан ол бу гал бошкача гапирвоти эркак бул айбини тан ол Бразилиялик легионерлари Бир тийинга киммат ушаларни айби билан уйнолмаяпсан
+1   
13 sen 14:33:38
تعمورخن ومار خجا
Jamoa boshsiz chavandozga oʻxshidi jamoani boshqarishga bosh kerak masxarabozmas
+1   
13 sen 14:24:10
Ardito
Moliyalashtirish masalasi so’roq ostida. Zotan oxirgi voqealardan ham buni bemalol bilish mumkin. Mavsum tugagandan keyin yangilar paydo bo’ladi. Rahbariyatda ayniqsa
+1   
13 sen 12:49:36
Vatandoshingiz
Гап Муминжоновда эмас!
+1   
13 sen 12:46:42
Vatandoshingiz
Лушан Навбахорда эски туллаклар бор алмаштиринг хаммаси ажойиб булади!Айтганни килинг!!!Мураббийлар назарда тутилябди ха айтганча дарвазобон мураббийин кетига тепинг!Эплай олмасангиз узингиз кетинг!!!Хупми
+1   
13 sen 10:39:43
Ishqiboz Muhlis
Мен етишмаяпман мен мен деб қайсидир мураббий кутиб турибди.
+1   
13 sen 09:44:36
ArsaBarsa
Lekin hozirgi tarkib ham yomon emas. Odilov deyilgani bilan Odilovsiz ham 1-davrada yaxshi o'ynashgan edi. Jamoani o'zida nimadir borda. Yoki har yildagidek 1-davrada o'ynab 2-davrada yo'qolib qolish jamoaga xos ishmi. Tushunish qiyinn.
+1   
13 sen 09:41:03
BOBIRBEK_URINOV⚽️
Илхом Муминжонов яхши олиб бораётган вактида, ашаддий эксперт мухлислар Илхомни устидан магзава агдариб кетишига сабабчи булишган эди...
Намангандаги уйинларда ракиб жамоаси кучлирок уйнаса юки ютаётган булса, мухлислар сукинишдан бошкага ярамайди, хали хакамни сукади хали ракиб футболчиларини...
+1   
13 sen 09:19:42
@# #@
Jamoaga yetishmayapti emas ortiqchalik bulyapti ya'ni San ortiqchalik qilyapman uzi sani kelishing xato edi tugri zur ximoyachi bugansan lekin murabbiylik soxasida 0 san
   
13 sen 14:37:55
تعمورخن ومار خجا
Alisherbek0778 foydalanuvchining fikriga javob berish
Zor.mutaxassis emasda Lushan.
Bu oʻzi umumam mutaxassiz emas...
Zoʻr mutaxassisga kelsak unaqsi butun osiyoda yoʻq
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика