Mourino: "O'sha taklifni rad etib, xato qilganman"
09 may 16:55
Yangiliklar
Mourino: "O'sha taklifni rad etib, xato qilganman"
Tajribali murabbiy Joze Mourino qaysi terma jamoada ishlashni istashini malum qildi.
Tabiiyki, bu Portugaliya milliy terma jamoasi. Menga ikki bor taklif bo'lgan, lekin ular noqulay vaqtda berilgandi. Oxirgi marta rad javobini berganimda, "Roma"ni boshqarayotgandim va hissiyotlarga berilib, menimcha, xato qilganman.
Hozirda Portugaliyada ajoyib tarkib bor, eng yaxshilardan biri, TOP-5ga kiradigan. Men buni yaxshi tushunardim, lekin "Roma" va uning muxlislari bilan o'zgacha aloqalarda edim, shu sababli ketishga qaror qilmaganman.
Portugaliya meni ikki bor chaqirgan, ammo uchinchi taklif ham bo'ladi va men uni qabul qilaman, deb o'ylayman. Umid qilamanki, o'shanda avlod hozirgidek kuchli bo'ladi.
Fikrlar