"Slaviya" futbolchisi irqchilik tufayli 10 o'yinga diskvalifikaciya qilindi
15 apr 2021 00:41
Yangiliklar
"Slaviya" futbolchisi irqchilik tufayli 10 o'yinga diskvalifikaciya qilindi
UEFA rasmiy saytida Evropa Ligasining 1/8 finali doirasidagi "Slaviya" hamda "Reynjers" jamoalari o'rtasidagi o'yinda kuzatilgan voqea bo'yicha muhokama jarayoni natijalari haqida malumot taqdim etildi.
Tashkilot CHexiya klubi himoyachisi Ondrjey Kudelani shotlandiyaliklar futbolchisi Glen Kamarni irqiy haqorat qilganlikda aybdor deb topdi.
34 yoshli futbolchi ushbu huquqbuzarlik uchun 10 uchrashuvlik diskvalifikaciya bilan jazolandi.
O'z navbatida Kamara ham "Slaviya" futbolchisini urgani uchun tashkilot tomonidan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
Fikrlar