So’nggi yangiliklar

21:15Ўзбекистон Суперлигаси. 6-турда ишлайдиган расмийлар   0 20:55Тухель ЕЧЛда ғолиб бўлган тақдирда ҳам клубдан кетиши аниқ  2 20:38"Барселона" ўйинчиси 2025 йилга қадар сафдан чиқди  2 19:25Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Венгрияга қарши ўртоқлик ўйинлари ўтказади  3 19:06Футбол олами. Хайр, "Насаф", ОКМК ва "Локомотив": Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичи якунлари   2 18:40Карвонларга посбон бўлган сарбон билан Париж сари борамиз  4 18:25"Атлетико" Облакни сотишга тайёр  4 17:56Баҳром Вафоев номидаги стадион прожекторлари талаб даражасига етди  5 17:32"Сурхон" собиқ устози "Нефтчи"да иш бошлади  5 17:15Ўзбекистонлик назоратчи Ироқ – Индонезия баҳсида фаолият юритади  3 16:49Ана холос! Испания УEФА ва ФИФА шафелигидаги мусобақалардан четлаштирилиши мумкин  10 16:30U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон финалда Японияга қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  11 16:10Модрич афсонавий Ференц Пушкаш рекордини янгилади  4 15:40 "Бунёдкор" академияси тарбияланувчилари Хорватияга боради   0 15:20Ихтиёр Ропиев: "Осиё кубогидаги энг яхши ўйинимиз Эрон билан бўлди"  1

Slavche Voyneski "Ufa" bilan o'yindan so'ng: "Ikki yangi markaziy himoyachilarning o'yinidan to'liq qoniqish hosil qildim" Yangiliklar

Slavche Voyneski "Ufa" bilan o'yindan so'ng: "Ikki yangi markaziy himoyachilarning o'yinidan to'liq qoniqish hosil qildim"

"Paxtakor" klubi bosh murabbiyi Slavche Voyneski o'zining "Ufa" bilan o'yindan (1:1) keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz?

- Bugungi raqib juda yaxshi edi. Biz uchun juda qiyin o'yin bo'ldi. O'tkazib yuborilgan golga qaramasdan, o'yinchilar birinchi bo'limda juda ajoyib harakat qilishdi. Biz o'yinni nazorat qildik. Ikkinchi bo'limda esa o'yin ritmini o'zgartishga qaror qildik, yosh o'yinchilarga imkoniyat berdik. O'yinning so'nggi 15 daqiqasida raqib jamoa to'pni nazorat qildi. Biz buni futbolchilar bilar muhokama qilamiz, xatolarni to'g'irlaymiz. O'yinchilarimiz ikkinchi bo'limda qanday xatolarga yo'l qo'yishganini ko'rib olishadi. Keyingi o'yinda biz yaxshiroq harakat qilamiz. 

- Aleksey Larin, Kamen Xadjiev kabi yangi o'yinchilar haqida fikrlaringiz?

Jamoamizdagi yangi ikki markaziy himoyachilar bugun birinchi marta maydonga tushishdi. Ular ko'rsatgan o'yindan to'liq qoniqish hosil qildim. Ular yangi mavsumda jamoaga katta naf keltirishadi.

Biz juda ko'p o'zgarishlar qildik. Tayyorgarlik jarayonida bundan bo'lishi tabiiy. Juda ko'p mashq qilayotganimiz sabab, o'yinchilarda biroz charchok alomatlari sezilmoqda. O'ylaymanki, keyingi bir-ikki haftada ular o'zlarini to'liq tetik his qila boshlashadi. Jamoa safiga Dubaydan kelib qo'shilgan futbolchilarga ayniqsa qiyin bo'ldi. Biroq, biz bularning barchasini  nazorat qilmoqdamiz.

O'zbekiston chempionatidagi birinchi raqibingiz kim bo'lishini kutyapsiz?

Buni bizga farqi yo'q. Birinchi turdagi raqib kuchli bo'lidimi yoki yo'q - buni bizga umuman ahamiyati yo'q. Ikkala jamoa ham 11 o'yinchi bilan maydonga tushadi. Biz har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz. Bu bizning falsafamiz. Har bir o'yinda  gol urish, g'alaba qozonish - bu "Paxtakor"ning falsafasi. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика