So’nggi yangiliklar

00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Дарвозабоннинг ПСЖ билан шартномаси 2026 йилда тугайди, футболчи КЎЖЧдан сўнг битимни узайтириш борасида қарор қабул қилади  1 23:58Шквирин "Андижон"да  2 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  3 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  4 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  3 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  20 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  5

Siz ularni taniysiz yoxud "Ahal"ning qaysi futbolchilari bizga begona emas? Yangiliklar

Siz ularni taniysiz yoxud "Ahal"ning qaysi futbolchilari bizga begona emas?

Qarshining "Nasaf" jamoasi ertaga OFK kubogi chorak finalida Turkmanistonning "Ahal" klubiga qarshi maydonga chiqadi.

Raqib jamoaning Qarshiga etib kelgan tarkibiga nazar tashlar ekanmiz, o'zbekistonlik muxlislar uchun begona bo'lmagan bir qator nomlar ham borligini ko'rishimiz mumkin. Demak, quyida shu haqda gap boradi.

Arslanmirat Amanov 

Qolgan jamoadoshlariga nisbatan mahalliy ishqibozlarimizga juda yaxshi tanish bo'lgan futbolchi Arslanmirat Amanov hisoblanadi. 2017 yilda AGMKdagi faoliyati orqali Superligamizda debyut qilgan universal yarim himoyachi keyingi mavsumlarda "Buxoro", "Lokomotiv" jamoalari sharafini himoya qildi. 2020 yilning boshida ikki yillik tanaffusdan so'ng yana AGMKga qaytdi. Joriy yildan boshlab "So'g'diyona"da to'p tepayotgan turkmanistonlik futbolchi yozgi transferlar oynasi vaqtida oilaviy sabablarga ko'ra "Ahal"ga o'tishga qaror qildi. Aytish kerakki, u yurtimizdagi faoliyati davomida o'zidan ijobiy taassurot qoldira olgan kam sonli legionerlardan biri, desak mubolag'a bo'lmaydi. Bizga etib kelgan malumotlarga ko'ra, Amanov "Ahal" bilan birga Qarshiga kelmagan. Demak, ertangi bahsda uni maydonda ko'rmasligimiz ehtimoli katta. 

O'zbekistonda to'p tepgan klublari: AGMK, "Lokomotiv", "Buxoro", "So'g'diyona"

Umumiy statistiksi: 102 ta uchrashuv, 15 ta gol, 10 ta assist, 10 ta sariq, 1 ta qizil kartochka, O'zbekiston kubogida 7 ta o'yin, 1 ta gol, 2 ta assist, OCHLda 6 ta o'yin 4 ta assist



Didar Durdiev 

Turkmanistonlik yarim himoyachi Didar Durdiev o'tgan mavsumda qishki yig'inlar chog'ida “Navbahor”da ham ko'rikda bo'lib, transferlar oynasining oxirgi kunlarida esa “Mashal”ga kelib qo'shilgandi. O'zini ko'rsata olmadi, shekilli, zaxira futbolchisiga aylandi qoldi. Natijada yozgi keldi-ketdilar mavsumida Durdiev ham jamoadan ketdi. 

Statistikasi: 5 o'yin, 129 daqiqa


Elman Tagaev

Ushbu futbolchi ilk bor 2016 yilning ikkinchi davrasida chempionatimizda ko'rinish bergandi. O'shanda Superligada qolish uchun kurashayotgan "Andijon" jamoasi tarkibni kuchaytirish maqsadida Elman Tagaevni taklif qilgandi. Umuman olganda, o'zidan yomon xulosa qoldirmagan, deyishimiz mumkin. Mavsum yakunida "burgutlar" elita bilan xayrlashgach u ham jamoani tark etadi. Elman Tagaev oradan ikki mavsum o'tib endi "Navbahor" safida paydo bo'ldi. Osiyolik futbolchilar limitini to'ldirish uchun taklif qilingan yarim himoyachi afsuski, ko'p o'yinlarni zaxirada o'tkazdi. 

U intervyularining birida shunday degandi: "Namangandagi faoliyatimning qisqa kechishiga o'ziga yarasha sabablar bor, lekin buni batafsil izohlamoqchi emasman. SHunday bo'lishi kerak ekan, bo'ldi. Boshqa izohga hojat yo'q, menimcha". 

Statistikasi: "Andijon"da 12 ta, "Navbahor"da 3 ta o'yin



Abdi Bashimov

Mazkur futbolchini ham o'zbek futboli ommasi unutganiga ko'p bo'lgani yo'q. 2020 yilning birinchi davrasida "Qizilqum"da to'p tepgan futbolchi 7 ta o'yinda ishtirok etgandi. Esingizda bo'lsa, o'shanda navoyiliklar tarkibida Abdi Bashimov bilan bir qatorda Vazirgeldi Ilyasov ham o'ynagan edi.  


Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика