So’nggi yangiliklar

07:55А Сериянинг энг яхши футболчиси аниқланди  0 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  1 07:20Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Жалолиддиновдан иккита, Абдихолиқовдан битта ассист  0 01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  0 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  24 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0 00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  7 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  2 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  5 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  7 22:39Февзи Давлетов: "Дуранг бўлиши мумкин эди, аммо мағлубият эмас"  4 22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  2 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  1 21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  108 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  1

Siroj Hamroev: "Mashal"ning vazifasi OCHLga yo'llanma olish" Yangiliklar

Siroj Hamroev: "Mashal"ning vazifasi OCHLga yo'llanma olish"

Muborakning "Mashal" jamoasi himoyachisi Siroj Hamroev "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


- "Lokomotiv" chempionlik uchun kurashayotgan kuchli jamoa. Ularga qarshi o'yin har doim qiyin bo'lib kelgan. Bugungisi ham bundan mustasno emas. "Loko" chempionatda ham, OCHLda ham guruhda peshqadamlar safida. Bu bejizga emasligini bugun ham isbotlashdi. Bugungi rejalarimiz, o'ylab qo'ygan taktikamiz ish bermadi. Keyingi o'yinlarda yaxshi harakat qilib, muxlislarimizni xursand etishga bor kuchimizni sarflaymiz. Buyog'iga doimo olg'a intilmog'imiz lozim. Murabbiyimiz himoyada o'ynab, qarshi hujumda raqibni ushlashga harakat qilishimizni takidlagandi. Ammo buni uddalay olmadik. Birinchi taymdagi belgilangan penalti barcha rejalarimizni buzib qo'ydi. SHuningdek, himoyada ham kutilganidek o'ynay olmadik. Birinchi bo'limdagi asosiy vazifamiz avvalo darvozamizdan to'p o'tkazib yubormaslik edi. Ammo buni uddalash qo'limizdan kelmadi. Yakunda bu bizga pand berdi. CHempionat biz uchun ko'ngildagidek boshlanmagan edi. Dastlabki ikkita turni yomon o'tkazgandik. Ammo "Bunyodkor" bilan o'yindan so'ng jamoa o'ziga kelishni boshladi. O'tgan turda esa "Navbahor"ni mag'lub etib ushbu bahsda alo kayfiyatda tashrif buyurgandik. Jamoamizning ushbu mavsumdagi vazifasi va maqsadi O'zbekiston kubogida zafar quchish. O'zbekiston kubogini qo'lga kiritib, keyingi yili OCHLda yurtimiz sharafini himoya qilish.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика