Rafinya: "Umid qilamanki, muxlislarni xursand qilishda davom etaman"
23 may 12:36
Yangiliklar
Rafinya: "Umid qilamanki, muxlislarni xursand qilishda davom etaman"
"Barselona"ning braziliyalik vingeri Rafinya Dias Kataloniya klubi bilan yangi shartnoma imzolaganidan so'ng his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.
"Maqsadimga erishganimdan juda xursandman. Muxlislarni xursand qilishda davom etaman degan umiddaman. Oilamga aytganimdek, mening orzum – faoliyatimning oxirigacha shu erda qolish va buni imkonim boricha o'ynab, amalga oshirishdan umidvorman.
Bu erga kelganimdan beri ancha kamolga etdim. Va agar hamma menga yordam bersa, bundan ham ko'prog'iga qodirman. Umid qilamanki, yaxshi futbolchi va namunali inson bo'laman", – dedi futbolchi.
Rafinya klub bilan kelishuvini 2028 yilning 30 iyuniga qadar uzaytirdi. "Barselona" ofisida shartnoma imzolashda prezident Joan Laporta, birinchi vice-prezident Rafa Yuste va sport direktori Deku ham ishtirok etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar