So’nggi yangiliklar

13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  2 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  0 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  2 12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  6 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  14 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 09:30Here we go! Онана "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда  21 08:58"Ал Аҳли" Франция U-21 аъзосини 25 миллион еврога сотиб олди  3 08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  22 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  9 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  5 23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  15 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  2

Maksim Shackix: "Superkubok finaliga yaxshi kayfiyatda boradigan bo'ldik. Tanaffusda o'yinni o'zgartirib yuborishga kelishib oldik, aks holda "Ultras" bizni kechirmas edi" Yangiliklar

Maksim Shackix: "Superkubok finaliga yaxshi kayfiyatda boradigan bo'ldik. Tanaffusda o'yinni o'zgartirib yuborishga kelishib oldik, aks holda "Ultras" bizni kechirmas edi"

Superliga 11-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Surxon" (2:1) bahsidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shackix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Butun Andijon xalqini g'alaba bilan tabriklayman. Uzoq kutilgan g'alaba bugun qayd etildi. Futbolchilar jasorat ko'rsatishdi. Sababi so'nggi o'yinlardagi yomon natijalardan so'ng yana qayta olish qiyin kechadi. Bugun yaxshi o'yin ko'rsatdik, ammo xatolar ham bor tabiiyki. Yigitlarga rahmat aytaman, ular ishtiyoq namoyish etishdi. Yaxshi kayfiyatda Superkubok finaliga boradigan bo'ldik" - dedi Maksim Shackix bahs yakunlangach.

- Bugun uchrashuvning dastlabki daqiqalarida "Surxon" juda yaxshi o'yin namoyish etdi. Biroq dastlabki daqiqalardan so'ng "Andijon" ustunlikni o'z qo'liga oldi. Dastlabki daqiqalarda raqib ustunlikka ega bo'ldi degan fikrga qo'shilasizmi?

- Fikringiz to'g'ri. O'yinga qo'shilib ketishimiz qiyin bo'ldi. Futbolchilarda bosim ham bor edi. Bunga sabab omadsiz seriya. Jarohatlangan futbolchilarimiz etarlicha. Bugungi uchrashuvda bir necha poziciyalarda boshqa futbolchilarni o'ynatishga majbur bo'ldik. Ikki qanot himoyachilarimiz shunday o'ynashga majbur bo'lishdi. Umid qilamanki, yaqin orada jamoa tarkibi yanada kuchayadi va jarohatlangan futbolchilar safga qaytishadi. Dastlabki o'ttiz daqiqa asabiylashdik. Tanaffusda esa yigitlar bilan o'yinni o'zgartirib yuborishga kelishib oldik, aks holda "Ultras" bizni kechirmas edi.

- Xomyakovga mos o'yin uslubi "Andijon"da saqlanib qoladimi yoki siz yangicha futbol o'ynaydigan jamoa qurmoqchimisiz?

- Etibor bergan bo'lsangiz, biz "Sho'rtan"ga qarshi bahsda 4-1-4-1 uslubida o'ynagan edik. Bugun esa 4-4-2 taktikasini tanladik. "Andijon" menga qadar qanday o'ynaganini taxminan bilaman. 4-2-3-1 uslubi o'yin davomida o'zgaruvchan bo'la oladi, ammo jamoa bunga tayyor bo'lishi kerak. Men bor-yo'g'i uchta mashg'ulot o'tkazdim va hozir bir nimani o'zgartirish qiyin. Tarkibda biroz o'zgarishlar bo'lgan bo'lishi mumkin.

Biz hozir sovrin uchun kurash olib boramiz. To'g'ri "Nasaf" juda jiddiy raqib, ammo yaqin 2-3 kun ichida qanday qilib "Nasaf"ga "syurpriz" taqdim etish haqida o'ylayman. Keyin esa tanaffus bor. Tanaffusni juda ham kutyapman. Biz kichik yig'in o'tkazamiz. Men futbolchilarga birinchi kundanoq avvalambor o'zimizni hurmat qilishimiz kerakligi haqida aytdim. Har kimga mag'lub bo'lish mumkin, ammo qanday mag'lub bo'lish muhim. "Andijon"ning muxlislari bunday mag'lubiyatlarni kechirishmaydi. "Andijon" birlashsa bir nimaga erishishi mumkin. Sababi jamoada individual jihatlama katta farqni yuzaga keltira oladigan futbolchilar yo'q. Abdumannonov, Abdumannopov va Sohibjonov kabi iqtidorli futbolchilar bor. Lekin bizning kuchimiz birlikda. Hamma bir-biri uchun kurashishi va maydonda jon berishi kerak. Biz "klass" evaziga hech kimni mag'lub eta olmaymiz, bizda "klass" yo'q. Hozircha. Shuning uchun, mehnat qilishda davom etish kerak. Barcha Chempionlar ligasini kutmoqda. Biz ketma-ketlikda sentyabr oyiga tayyorgarlik ko'rishda davom etamiz.

- Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar qanchalik o'yinni kuchaytira olishdi?

- Mening ko'nglim to'ldi. Zaxiramizda o'rinbosarlar tarkibidan qo'shilgan futbolchilar ham bor. Ularning mahorati bilan tanish emasman. Bor-yo'g'i ikkita mashg'ulotda ishtirok etishdi. Ertaga o'rinbosarlar o'yiniga borib, ularni ko'rib olaman. Zaxiradan maydonga tushgan barcha futbolchilardan ko'nglim to'ldi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика