SHvaynshtayger: “Mourino doimo mendan “Bavariya” haqida so'rardi”
05 noy 2019 01:05
Yangiliklar
SHvaynshtayger: “Mourino doimo mendan “Bavariya” haqida so'rardi”
“Bavariya”ning sobiq yarim himoyachisi Bastian SHvaynshtayger “Manchester Yunayted” sobiq ustozi Joze Mourino haqida gapirdi.
Germaniyalik futbolchi aynan MYU safida portugaliyalik mutaxassis qo'l ostida harakat qilgandi.
“Men Mourinoni Germaniyada tasavvur qila olaman. Eslayman: u doim mendan “Bavariya” haqida so'rardi. Biz safar o'yinlarimiz vaqtida doim TV orqali Bundesliga o'yinlarini ko'rardik. Joze haqiqatan ham Germaniya klublarida to'p tepayotgan ko'plab o'yinchilarni bilardi. SHuningdek u nemis tilini ham o'rganayotgandi.
Mourino Bundesligada hali ishlaganicha yo'q. Men ushbu mutaxassis Germaniyada ishlashga ishtiyoqi kuchli ekanligini bilaman va kun kelib u Germaniyada ishlashini tasavvur qila olaman”, deydi SHvaynshtayger.
Fikrlar