Joze Mourinyu: "Matbuot bilan muloqot – o'yinchilarga gap uqtirishning bir usuli. Men ularga ham jurnalistlarga aytgan gapimni aytaman"

Aslanov Jasurbek
17 dek 2025, 18:12
"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinyu o'yinchilarga murojaat qilish uchun matbuot bilan muloqotdan foydalanishi haqida gapirdi.

"Matbuot bilan muloqot qilish – bu o'yinchilarga yetib borishning bir usuli, ammo men sizlarga yuzlanishdan oldin yoki keyin ular bilan gaplashaman. Men tanaffusda o'yinchilarga nima degan bo'lsam, sizlarga ham xuddi shuni aytaman. Juda obektiv narsalar bor. Bu ruhiy darajadagi qandaydir maxsus yondashuv emas.

Yaxshi davrlar ham, xuddi katta qiyinchiliklar kabi yakuniga etadi. Hamma narsaning oxiri bor. Endi, yuksalish pallasida ekanmiz, har doim ko'prog'ini xohlash uchun o'zimizda kuch topishimiz kerak. Biz natija ko'rsatishda va yaxshi o'ynashda davom etishni istaymiz", – dedi Mourinyu.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal