

Joze Mourinyu "qirollik klubi"ga qaytishga rozilik berganidan so'ng, darhol "Real Madrid"ning olti nafar futbolchisini transfer ro'yxatiga kiritdi.
Jurnalist Ramon Alvaresning xabar berishicha, Mourinyu "Real" rahbariyati bilan gaplashib, Eduardo Kamavinga, Rodrigo Goes va Franko Mastantuono kabi futbolchilar unga kerak emasligini ma'lum qilgan.
Fran Garsiya, Raul Asensio va Dani Sebalosning ham Mourinyu qo'l ostida kelajagi yo'q va ular shu yozda jamoani tark etishi haqiqatga yaqin.
"AS" nashri muxbiri Ruben Martinning xabar berishicha, Mourinyu "Real"ning transfer siyosatiga mas'ul etib tayinlangan va Peres hatto yoshi kattaroq futbolchilarni sotib olishdan bosh tortish haqidagi o'z qoidasini o'zgartirishga ham rozi bo'lgan.



