So’nggi yangiliklar

16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  0 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  7 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3

"SHo'rtan": Klubning takliflari Edgar Gessning qo'ygan “katta” talablariga to'g'ri kelmadi Yangiliklar

"SHo'rtan": Klubning takliflari Edgar Gessning qo'ygan “katta” talablariga to'g'ri kelmadi

Teglar :  SHo'rtanEdgar Gess
Tezkor zamonda yashayapmiz.

Bugungi kundagi axborot almashinuvi, voqealar rivoji, yangiliklar yoki xabarlarning tarqalishi shu qadar tovush tezligida yuz beryaptiki, bittasini o'qib, tahlil va mulohaza  qilib ulgurmasingdan keyingisi navbatda turibdi.

Yaqindagina saytimizda jamoamizga yangi bosh murabbiy tayinlash masalasi kun tartibida turganligi va bu borada muayyan ishlar olib borilayotganligi xususida yozgan edik. Nihoyat “SHo'rtan” jamoasi bosh murabbiyligi o'rniga bir nechta taniqli va tajribali nomzodlar orasidan Edgar Gess tanlanganligi haqida xabar berdik. “Oq bo'rilar” jamoasi va uning muxlislari uchun begona bo'lmagan ushbu mutaxassis bilan dastlabki va aytish kerakki, og'zaki kelishuvga erishilgandek bo'lindi, ham. Edgar Yakovlevich jamoaning bir nechta mashg'ulotlarini o'tkazdi. Uning boshqaruvida futbolchilarimiz “So'g'diyona” va “Obod” jamoasiga qarshi sinov-nazorat uchrashuvlarida maydonga ham tushishdi. Tashqaridan qaraganda, guyoki hamma ish o'z joyida ketayotgandek va hamma “SHo'rtan” hamda Edgar Gess o'rtasida bitim tuziladi deb kutib turgan bir pallada reja amalga oshmadi. Klubimiz rahbariyati yaxshi niyatlar bilan ishga taklif qilingan mutaxassis bilan olib borilgan muzokaralarni so'nggi pallada to'xtatishga majbur bo'ldi. Sababi “SHo'rtan” PFKning takliflari E.Gessning qo'ygan “katta” talablariga to'g'ri kelmadi. Bu esa tabiiyki, jamoamiz tomonidan bitimni amalga oshmasligiga olib keldi.

Hayot davom etadi. O'zining rivojlanish yo'nalishi, yuksak maqsad va vazifalariga ega bo'lgan “SHo'rtan” jamoasi birgina mutaxassis xizmatlariga qarab ham, bog'lanib ham qolmagan. Munosib nomzodlarni topish hamda ular bilan muzokaralar olib borish, jamoaning esa milliy chempionatimiz uchrashuvlarida yaxshi ishtirok etib, muxlislarga chiroyli va mazmunli o'yinlar taqdim qilish ishlari davom etadi.

Yangiliklarni saytimiz orqali kuzatib boring.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика