SHojayi: "O'zbekistonda yaxshi futbolchilar ko'p"
12 sen 2018 14:43
Yangiliklar
SHojayi: "O'zbekistonda yaxshi futbolchilar ko'p"
O'zbekiston hamda Eron terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan (0:1) so'ng mehmonlar yarim himoyachisi Masud SHojai bahs haqida fikr bildirdi.
"Ushbu uchrashuvdan oldin bahs qiyin bo'lishini aytgan edim, shunday ham bo'ldi. O'zbekistonda yaxshi futbolchilar ko'p, murabbiy ham kuchli. Raqib xuddi shunday o'yin ko'rsatishini kutgan edik, shu bois asosan to'pni nazorat qilishga etibor qaratdik. Ikkinchi bo'limdagi o'zgarishlar tufayli gol urishga muvaffaq bo'lib, g'alaba qozondik. Bunday uchrashuvlardan maqsad - tajriba to'plash va biz o'z niyatimizga erishdik" - deydi SHojai.
Fikrlar