

Ma'lumki, ushbu futbolchi Gretsiya klubi safida Isroil jamoasiga qarshi maydonga tushgani uchun terma jamoadan nomuayyan muddatga chetlatilgandi. Erondagi siyosiy vaziyat tufayli fors sportchilarining isroillik sportchilar bilan har qanday turnirda bahs olib borishi man qilingan. Endi bo'lsa federatsiya Shojayini afv qildi.
Karlush Keyrush Eron terma jamoasining Tunis va Jazoirga qarshi o'ynaydigan 23 futbolchidan iborat tarkibini e'lon qildi. Ular orasida Masud Shojayi ham bor. Yaqinda eronliklar Serra-Leone bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 4:0 hisobida zafar quchishdi.



