Kelajak yulduzlari Qarshida jam bo'ladi

Iskandarov Abdulaziz
12 noya 2026, 08:00
12 noyabr kuni U-19 chempionatining final bosqichiga start beriladi.

O'tgan yil final bosqich o'yinlariga Toshkent mezbonlik qilgandi, bu mavsum esa asosiy bahslar Qarshida o'tkaziladi.

Bunda jami 11ta jamoa g'oliblik uchun kurash olib boradi. O'n ikkinchi jamoa "Bunyodkor" U-19 edi, biroq klubdagi moliyaviy muammolar sabab "Bunyodkor" U-19 musobaqaning final bosqichiga bora olmmasligi ma'lum bo'ldi.

G'oliblar va eng yaxshi ikkinchi o'rin

Bu yil U-19 chempionatining birinchi bosqichi jamoalarni uchta mintaqaga bo'lgan holda o'tkazildi: G'arb, Sharq va Markaz. Har bir mintaqada o'ntadan jami 30ta jamoa bahs olib bordi.

Musobaqa reglamentiga binoan har bir mintaqadan birinchi bosqich g'olibi hamda har uchala mintaqaning bitta eng yaxshi ikkinchi o'rin egasi U-19 chempionati final o'yinlariga saralashsiz yo'l oldi.

Shunday qilib G'arbdan "Buxoro", Sharqdan OKMK, Markazdan "Nasaf" U-19 jamoalari hal qiluvchi final o'yinlariga yo'l olishdi. Sharq mintaqasi vakili "Neftchi" U-19 esa eng yaxshi ikkinchi o'rin sifatida to'g'ridan to'g'ri chorak finalda o'ynaydigan bo'ldi.

Barcha mintaqalardan umumiy hisobda 12ta jamoa (har bir mintaqadan to'rttadan, 1-4 o'rinlar) U-19 chempionatining yakuniy bosqichiga yo'l olganini hisobga olsak, "Sho'rtan", "Mashal", "Qizilqum", "Respublika FA", "Lokomotiv", "So'g'diyona" va "Paxtakor" yoshlari o'z ishtiroklarini saralashdan boshlashadi.

photo_2026-11-12_07-46-12.jpgphoto_2026-11-12_07-46-17.jpg

12 noyabr kuni kimlar o'ynaydi?

Rejaga ko'ra, 12 noyabr kuni to'rtta o'yin bo'lib o'tishi lozim edi, biroq "Bunyodkor" U-19 musobaqaga bora olmasligini ma'lum qilgach, raqibi "Paxtakor" U-19ga texnik g'alaba yozildi. Natijada "Paxtakor" chorak finalda OKMKning raqibiga aylandi.

Shunday qilib musobaqaning birinchi kuni uchta uchrashuv o'tkaziladi:

11:00. "Lokomotiv" - "Qizilqum" (Qarshi, "Geolog" stadioni)

17:00. "Sho'rtan" - "Respublika FA" (G'uzor, Markaziy stadion)

17:00. "So'g'diyona" - "Mashal" (Muborak, B.Vafoev nomli stadion)

Saralash o'yinlari yakuniga ko'ra, "Lokomotiv" - "Qizilqum" juftligi g'olibi chorak finalda "Nasaf" U-19, "Sho'rtan" - "Respublika FA" juftligi g'olibi "Neftchi" U-19 hamda "So'g'diyona" - "Mashal" g'olibi chorak finalda "Buxoro" U-19 bilan o'ynaydi. Chorak final bahslari 14 noyabrga belgilangan.

16 noyabr kuni musobaqaning yarim final uchrashuvlari o'tkazilsa, 18 noyabrda 3-o'rin uchun bahs bilan hal qiluvchi final o'yini bo'lib o'tadi. Shuni aytish lozim, U-19 chempionatining final bahsi Qarshidagi "Nasaf" Markaziy o'yingohida bo'lib o'tadi.

photo_2026-11-12_07-46-21.jpgphoto_2026-11-12_07-46-22.jpg

Bosh murabbiylar kimlar?

U-19 chempionati eng qiziq o'tadigan musobaqalardan biri bo'lib qoldi. Yoshlar o'rtasidagi o'yinlarda hayajon etarlicha bo'lyapti, kutilmagan natijalar ham talaygina. Bu yoshlar erta-indin Superliga va Proliga klublarida o'ynaydigan futbolchilar hisoblanadi. Umuman olganda PFL U-19 chempionatini yo'lga qo'yib juda to'g'ri qilgan.

Tabiiyki bu yoshdagi futbolchilarni shug'ullantirayotgan murabbiylarga ham qiziqish ortadi. Shu bois ma'lumot o'rnida U-19 chempionatining final bosqichida o'ynaydigan jamoalar murabbiylariga to'xtalib o'tamiz.

OKMK U-19 - Elyor Intizomov

"Nasaf" U-19 - Sirojiddin Eshqobilov

"Buxoro" U-19 - Anvar Rajabov

"Neftchi" U-19 - G'ayrat Hasanov

"Sho'rtan" U-19 - Erkin Mirzaev

"Mashal" U-19 - Dilshod Andaev

"Qizilqum" U-19 - Fayzulla Qambarov

"Respublika FA" - Ayder Kurbaev

"Lokomotiv" U-19 - Marat Bikmaev

"So'g'diyona" U-19 - Elbek Imomnazarov

"Paxtakor" U-19 - Otabek Mansurov

photo_2026-11-12_07-46-23.jpg

Xayrulla Xoliqov

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia