Shojayi: "O'zbekistonda yaxshi futbolchilar ko'p"

Aslanov Jasurbek
12 sen 2018, 14:43
O'zbekiston hamda Eron terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan (0:1) so'ng mehmonlar yarim himoyachisi Masud Shojai bahs haqida fikr bildirdi.

"Ushbu uchrashuvdan oldin bahs qiyin bo'lishini aytgan edim, shunday ham bo'ldi. O'zbekistonda yaxshi futbolchilar ko'p, murabbiy ham kuchli. Raqib xuddi shunday o'yin ko'rsatishini kutgan edik, shu bois asosan to'pni nazorat qilishga e'tibor qaratdik. Ikkinchi bo'limdagi o'zgarishlar tufayli gol urishga muvaffaq bo'lib, g'alaba qozondik. Bunday uchrashuvlardan maqsad - tajriba to'plash va biz o'z niyatimizga erishdik" - deydi Shojai.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia