So’nggi yangiliklar

17:24Фабио Каннаваро: "Шуни айта оламанки, мунидалдаги темп шунчаки даҳшатли"  12 17:16Ўзбекистонда ФИФАнинг Марказий Осиёдаги офиси иш бошлайди  1 17:07ЎФА Лёв ва Бенту билан музокаралар ўтказганини очиқлади  1 16:39"Эвертон" япониялик ярим ҳимоячини сотиб олмоқчи  0 16:18Расман: Фабио Каннаваро – Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи!  42 15:52Конте: "Бу йил "Наполи" учун қийин бўлади"  2 15:23Гвардиола: "Умид қиламанки, футболчилар терма жамоадан соғлом қайтишади"  0 14:55"Сўғдиёна" Ғузорда "Шўртан" устидан ғалабани тантана қилган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:32Флик "Севилья"дан қабул қилиб олинган шармандали мағлубиятдан кейин ўзини ҳимоя қилди  13 14:03"Арсенал" сардорининг жароҳати ҳақида маълумот берди  0 13:35Ўзбекистон ва Озарбайжон мезбонлик қиладиган U-20 Жаҳон чемпионати ҳақида нималарни биламиз?  2 13:1018 ёшида Ўзбекистоннинг энг яхши футболчиси бўлган Александр Гейнрих 41 ёшга тўлди  68 12:44Жордан Пикфорд Дэвид Симэннинг АПЛдаги ютуғини такрорлади  1 12:19Каннаваро Тошкентда   21 12:10Манба: Ўзбекистон Каннаварога Хитойга қараганда 8 баравар юқори маош таклиф қилган  30

SHohruh Gadoev: "Ozarbayjonda ham karantinni ilk kunlari qattiq tartibda o'tdi" Yangiliklar

SHohruh Gadoev: "Ozarbayjonda ham karantinni ilk kunlari qattiq tartibda o'tdi"

O'tgan mavsumning ikkinchi qismini Bunyodkorda o'tkazgan SHohruh Gadoev 2020 yilni Ozarbayjonning Keshla jamoasi tarkibida boshlaganidan xabaringiz bor.

Biz karantinni Ozarbayjonda o'tkazayotgan futbolchining fikrlari bilan qiziqdik.

- Avvalo O'zbekiston xalqiga, yurtdoshlarimiz, futbol muxlislariga salom yo'llayman! Ayni kunlarda dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida koronavirus sababli karantin elon qilingan. Xususan, shu kunlarda men istiqomat qilib turgan Ozarbayjonda ham karantin. Bu erda chempionatning so'nggi uchrashuvini 8 mart kuni o'tkazganmiz. Navbatdagi bahsimiz 14 martda bo'lib o'tishi lozim edi. SHu bellashuvga tayyorgarlik ko'rayotganimizda hukumat karantin elon qildi. Mana oradan ikki oy o'tdiki, hali karantin bekor qilingani yo'q. Futbolchi uchun futbolsiz hayot qanchalik qiyin va zeriklarli ekanligiga yana bir bor guvoh bo'ldim.

Ozarbayjonda ham karantinni ilk kunlari qattiq tartibda o'tdi. Belgilangan qarorga ko'ra 5 may kuni mamlakatda karantin yakunlanishi kerak edi, biroq hukumat muddatni 31 may sanasiga qadar cho'zdi. Lekin kechadan boshlab tartib biroz engillashdi. O'zbekiston bilan solishtiradigan bo'lsak talablar orasida deyarli farq yo'q. Bu erda ham avtomashinada yurish uchun maxsus ruxsatnoma olish kerak. Ko'chaga chiqish tartiblarida ham farq ko'rmaysiz. Amal qilmagan jarima to'laydi.

Federaciya chempionatni muddatidan oldin tugatish yoki davom ettirish haqida yakuniy qarorni qabul qilmadi. Mashg'ulot o'tkazyapmiz, faqat maydonda emas, balki uyda. Aniqrog'i, jamoaning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi ijtimoiy tarmoq orqali onlayn tarzda mashg'ulot o'tkazyapti.

Xalqimizdan karantin qoidalariga qatiy amal qilib, virusni tezroq chekinishiga hissa qo'shishini so'rab qolaman", - deydi Gadoev.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика