Serxio Aguero: “Natijalarimdan juda mamnunman”
08 noy 2013 16:30
Yangiliklar


Serxio Aguero: “Natijalarimdan juda mamnunman”
“Manchester Siti” klubi hujumchisi Serxio Aguero, so'nggi o'yinlarda ko'rsatayotgan natijalari xususida fikr bildirib o'tdi, deb xeber beradi Sky Sports.
“Erishgan natijalarimdan juda mamnunman. Har doim gol urayotganimdan emas, balki jamoaning g'alabalaridan qoniqayapman. Fikrimcha aksariyat gollarim “Siti”ga uch ochko olishga yordam bergan, bu esa men uchun eng muhimi. Hozirda Negredo bilan birgalikda harakatlanishimiz yaxshi natija berayapti. U yaqindagina bizga qo'shilganiga qaramay, ajoyib o'yin ko'rsatishni boshladi. Biz keyingi o'yinlardan ham shunday ruhiyatni saqlab qolishimiz kerak”, - deydi Aguero.

Fikrlar