So’nggi yangiliklar

10:06"Пахтакор" Қаршида 3 йилдан буён гол ура олмаяпти  4 09:36Эшитдик-да! Ислом Исмоилов тез орада "Нефтчи"да иш бошлайди  17 09:23Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ильгиз Танташев бошқарган учрашувда "Интер" "Ривер Плейт"ни енгиб кейинги босқичга йўл олди  2 08:44"Андижон" охирги маротаба "Хоразм"ни меҳмонда қачон ютган?  0 08:13Гвардиола клублар ўртасидаги ЖЧ олдидан иссиқ ҳақида: "Биз азобланишга тайёр бўлишимиз керак"  1 07:48Лионель Месси Саудия Арабистони клублари билан фаол музокара олиб бормоқда  7 07:30Факт: "Бухоро" 9 йилдан сўнг Олмалиқда ғалаба қозонди  2 06:57Суперлига. Бугундан 14-турга старт берилади  4 02:44Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Боруссия Д” “Ульсан” устидан ғалаба қозониб, гуруҳ пешқадами сифатида кейинги босқичга йўл олди  0 00:45"Арсенал" Партининг ўрнига "Брентфорд" футболчисин сотиб олади  0 00:26"Атлетик" Испания футбол федерацияси ва Ла Лигадан Уильямснинг "Барса"га ўтишига йўл қўймасликни сўрамоқчи  6 23:46Михаил Еремчук: "Футболда ҳар доим ютиш яхши"  5 23:24"Андижон" ОЧЛ 2да кимлар билан ўйнайди?  8 23:01Миржалол Қосимов: "Яна ёш болаларча хатога йўл қўйдик"  11 22:26Роналду "Ал Насср" билан шартномасини узайтиради (Фабрицио Романо)  4

Server Jeparov: “Istiqlol” g'alabalariga hissa qo'shib, klub muxlislarini xursand qilmoqchiman Yangiliklar

Server Jeparov: “Istiqlol” g'alabalariga hissa qo'shib, klub muxlislarini xursand qilmoqchiman

O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi, bir necha kun avval Eronning “Istiqlol” klubi azosiga aylangan Server Jeparov yangi jamoaga o'tishi, klub istiqboli va bo'lajak raqiblari haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'zbekistonlik futbolchi “Istiqlol” bilan shartnoma imzolaganidan mamnun ekanini aytib o'tdi.

– “Istiqlol” klubi bilan shartnoma imzolaganimdan xursandman. Klub katta tarixga ega ekani hamda ko'plab muxlislari borligini bilaman. “Istiqlol” g'alabalariga hissa qo'shib, muxlislarni xursand qilishga umid qilaman, – dedi 35 yoshli yarim himoyachi.

Server Jeparov “Istiqlol”ga tegishli bo'lgan hamda 95 225 muxlisga mo'ljallangan “Ozodi” stadioni haqida ham qisqacha to'xtalib o'tdi.

– “Ozodi”stadioni juda katta va go'zal. O'zbekiston termasining Eronga qarshi uchrashuvlarida bu erga kelganman. Stadiondagi muhit o'zgacha, – deydi Jeparov.

SHuningdek, tajribali yarim himoyachi “Istiqlol”ning Osiyo CHempionlar Ligasi–2017 turniridagi imkoniyatlari haqida so'zlab berdi. Tehron klubi guruh bosqichiga chiqish uchun pley-off bosqichida Qatarning “Al-Sadd” klubiga qarshi bahs olib boradi.

– “Al-Sadd”ga qarshi o'yin oson bo'lmaydi. Ammo Osiyo CHempionlar Ligasining kamida chorak finaliga chiqishga umid qilamiz. “Istiqlol” bosh murabbiyi Alirizo Mansurian menga ishonch bildirda va bu ishonchni oqlashga harakat qilaman, – deya fikrini yakunladi Jeparov.

Malumot uchun, Eron Pro Ligasi vakili – Tehronning “Istiqlol” klubi joriy mavsumda 16-turdan keyin 25 ochko bilan 16 ta jamoa orasida 5-pog'onani egallab turibdi.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика