So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Server Jeparov: "Neftchi" kabi raqiblarga qarshi kamchiliklar yaqqol ko'rinadi" Yangiliklar

Server Jeparov: "Neftchi" kabi raqiblarga qarshi kamchiliklar yaqqol ko'rinadi"

O'zbekiston kubogi uchinchi turidan o'rin olgan "Neftchi" va "Oqtepa" jamoalari o'rtasidagi o'yindan keyin Server Jeparov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Raqibni tabriklayman. Uchrashuv tashkilotchilariga minnatdorchilik bildiraman. Maydon ideal holatda edi. Bizning o'yin uslubimizga to'liq mos keladigan maydon. Yigitlarimiz uchinchi o'yinni o'tkazishdi, o'zlarini yaxshi ko'rsata olishdi. Jismoniy tomondan ishlashimiz kerak. Yosh futbolchilarimiz katta akalariga qarshi o'ynashdi. Texnik tomondan yutqazmadik deya olaman. Bir necha vaziyatlar ham yaratdik. Yigitlarga harakat qilganlari uchun rahmat aytaman. Xatolarni kelgusida tuzatishga harakat qilamiz", -deydi Server Jeparov.

– Jamoangiz ikki Superliga va bitta Pro liga klubi bilan o'ynadi. Bu qanchalik tajriba bo'ldi?

– Katta tajriba oldik. Murabbiy sifatida ham. Bu kabi raqiblarga qarshi kamchiligingiz yaqqol ko'rinadi. 

– Jamoamiz yosh futbolchilardan tuzilgan dedingiz. Ular orasida turli yosh toifasidagi terma jamoalarimizda o'ynaydiganlari ham bormi?

– Albatta, 2006, 2007 va 2008 yillarda tug'ilgan futbolchilarimiz terma jamoalarda o'ynashadi. Biz o'z akademiyamizdan futbolchi olishni maqul ko'ramiz. 

– Jamoa oldiga Pro liga yo'llanmasi qo'yilganmi?

– Baland maqsadlar qo'yamiz. Hozirda biz birinchi ligada o'ynayapmiz. Ko'ramiz. Ishtaxa taom paytida keladi. Moliyaviy tomon juda muhim. Yaxshi jamoa uchun moliyaviy taraflama yaxshi qo'llov bo'lishi lozim. 

– Klub kim tomonidan moliyalashtiriladi?

– Shaxsiy mablag' evaziga moliyalashtiriladi. Bazi joyda men, bazi joyda Sergey Sultanovich tomonidan pul sarflanadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика