Server Jeparov nima uchun Yevropada o'ynash nasib qilmaganini tushuntirdi

Sherzod Nurmatov
25 noya 2024
O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq sardori Server Jeparov "Fint Turaeva" (To'raev finti) podkastida nima uchun bir paytlar Yevropaga o'ynamagani haqida gapirib berdi.

- Osiyoning eng yaxshi futbolchisi nomiga ovoz berishda Keysuke Xonda va Shinji Kagava kabi futbolchilarni ortda qoldirgansiz. Ular Yevropada juda ko'p va yaxshi saviyada o'ynashdi. Nega sizga u yerda o'ynash nasib etmagan? Faoliyatingiz davomida qanday variantlar va takliflarga ega bo'lgansiz?

- "Ayntraxt"dan juda yaxshi taklif tushgan. 2005 yilda ko'rikka borganman va u yerda 10 kun bo'lganman. Darvoqe, Asror Aliqulov bilan birga borganmiz. Klubga maqul kelganimni va meni saqlab qolmoqchi ekanliklarini aytishdi. Faqat "Paxtakor" bilan transfer summasini kelishib olishgina qolgan.

Biroq "Paxtakor" bilan besh yillik shartnomam bor edi va bu "Ayntraxt"ga o'tishimga to'sqinlik qilgan. Men klub rahbarlari bilan gaplashdim va ularga aytdim: "Axir, yaxshi taklif tushsa, meni qo'yib yuborishingiz bo'yicha kelishib olgandik". "Paxtakor" shunday javob berdi: "Hali yoshsan, senda Yevropaga kyetish imkoniyati yana bo'ladi, hozircha sen bizga keraksan, tarkibda o'rningni bosadigan hech kim yo'q". O'shanda men 23 yoshda edim.

Yakunda men kyetmadim, boshqa takliflar bo'lsa-da, "Paxtakor"da qoldim. Qurbon Bekievich Berdiev meni "Rubin"ga olib ketmoqchi edi: rahbariyatga qo'ng'iroq qildi, masalani hal qilmoqchi bo'ldi, hatto o'zi ham shu erga keldi. Bu, mening fikrimcha, 2006 yil edi (bir necha yil o'tgach, 2008 va 2009 yillarda "Rubin" Rossiya chempioni bo'ldi – tahririyat). Ammo yana kelishuvga erishib bo'lmadi.

Bir necha marta agentlar bir nechta variantni taklif qilgan. Masalan, Angliyaga, Chempionshipga (Angliyaning ikkinchi divizioni). Biroq o'shanda terma jamoada ko'p ham o'yinlar o'tkazmagandim. Afsuski, men bu qaysi klub ekanligini bilmayman – shunchaki kyetishim kerak edi, balki shartnoma imzolagan bo'lardik. 2008 yilda Rossiya jamoalari bilan Turkiyadagi yig'inda yana bir oy o'tkazdik: men "Amkar"ga, Kapadze "Kuban"ga, Nesterov Nalchikning "Spartak" jamoasiga yo'l olgan. "Paxtakor" rahbariyati boshqa jamoalarda o'zimizni sinab ko'rish uchun yuborgandi, lekin bu yana natija bermagan.

Keta olmaganim achinarli, albatta. Agar o'sha paytlarda mening o'rnimda "Paxtakor"da yosh va iqtidorli futbolchi bo'lganida, ular meni almashtirgan, men esa xotirjam Yevropaga ketgan bo'lardim. Men klubga qandaydir tarzda pand berib qo'yish yoki jamoaning o'yin tizimini buzishni xohlamagandim. Yevropada o'ynashni juda istardim, bu mening orzum edi.

Server Jeparov ishtirokidagi "Fint Turaeva" (To'raev finti) podkastining to'liq versiyasini (rus tilida) quyidagi orqali tomosha qilishingiz mumkin:



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia