Sergey Lushan: “Himoyachilarimdan bunday o'yin kutmagandim”
17 sen 2016 23:47
Yangiliklar
Sergey Lushan: “Himoyachilarimdan bunday o'yin kutmagandim”
“Paxtakor” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “qaldirg'ochlar” ustozi Sergey Lushan qatnashdi.
- O'yin haqida nima deyishim mumkin? Qisqa qilib aytadigan bo'lsam,
“Paxtakor” bizni yutdi – 2:1. Haqli g'alaba. Hujumda bizda vaziyatlar
bo'lishini bilardim va shunday bo'ldi ham. Biroq himoyachilarimizdan bu qadar
sust o'yin kutmagandim. Tarkib bo'yicha o'yinoldidan muammolar bo'ldi.
Birgina Yurica Bulyatning safdan chiqishi ko'p narsani o'zgartirib yubordi.
Uchta markaziy himoyachi bilan o'yinni boshladik. SHunda ham himoyachiz ochilib
ketdi. O'yin o'tdi va biz unda mag'lub bo'ldik. Tahlil qilamiz va xatolar
ustida ishlaymiz.
Fikrlar