So’nggi yangiliklar

11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  5 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  8 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  4 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0

Sergey Chigodaev: "CAFA U-17 – o'smirlar o'rtasidagi Osiyo Kubogining mini-versiyasi. Maqsadimiz – shu yoshdagi eng yaxshi futbolchilarni saralab olish" Yangiliklar

Sergey Chigodaev: "CAFA U-17 – o'smirlar o'rtasidagi Osiyo Kubogining mini-versiyasi. Maqsadimiz – shu yoshdagi eng yaxshi futbolchilarni saralab olish"

​Tez orada Toshkentda CAFA U-17 musobaqasi bo'lib o'tadi.

Ushbu turnirda mamlakat sharafini O'zbekiston U-16 terma jamoasi himoya qiladi. Jamoa bosh murabbiyi Sergey Chigodaev musobaqaga tayyorgarlik jarayoni haqida gapirdi.

- Nega aynan sizning jamoangizni tanlashdi? Axir bu U-17 turniri, sizning jamoangiz esa bir yosh kichkinalardan iborat...

- Bilishimcha, barcha U-16 jamoalarini olib kelgan. Ehtimol, musobaqaning avvalgi nomi saqlab qolingandir. Hamma termalarda 16 yoshdan kichik futbolchilar bo'lsa kerak.

- Jamoangizning CAFA U-17 Kubogidagi maqsadlari qanday? Uydagi musobaqada g'alaba qozonish shart degan vazifa qo'yilganmi?

- Rahbariyat oldimizga hech qanday jiddiy vazifa qo'ygani yo'q. Biz uchun hozir eng muhimi: raqobatbardosh jamoa tuzish, yaxshi selekciya o'tkazish va shu yoshda eng kuchli futbolchilarni yig'ish. Bu biz uchun yaxshi sinov, chunki CAFA U-17, ishtirokchilar ro'yxatiga nazar tashlasangiz, deyarli U-17 Osiyo Kubogining mini-versiyasiga o'xshaydi. Hamma yaxshi jamoalar, munosib raqiblar. Bu biz uchun murabbiy va futbolchilar uchun ham yaxshi sinov bo'ladi.

- Siz tarkib haqida aytib o'tdingiz. Jamoangizdan O'zbekiston U-17 terma jamoasiga yoshlar o'rtasidagi Osiyo Kubogi uchun ikki nafar futbolchi – Aliev va Hakimov jalb qilindi. Ular bir yosh katta jamoada o'ynab, turnirda g'olib chiqishdi. Kelasi yili, ketma-ket ikkinchi marta bo'lib o'tadigan U-17 Osiyo Kubogida ulardan umidvormisiz?

- Biz ularga ishonamiz, albatta. Ular 2008 yilda tug'ilgan jamoaga yordam berishdi, umid qilamanki, ular o'z yosh toifasiga ham ko'maklashishadi. Biroq biz U-17 Jahon chempionatidan keyin ularga umid bog'laymiz. Hozir ularga tegmaymiz yoki bezovta qilmaymiz.

- Turnirga tayyorgarlik borasida qanday sharoitlar yaratildi?

- O'FA rahbariyati biz uchun zarur bo'lgan hamma narsani qildi: biz yaxshi mehmonxonada yashaymiz, tabiiy maydonlarda mashq qilamiz. Yigitlar buni qadrlashadi. Ular bunday sharoitda yashash va mashq qilishdan xursand ekanliklari aniq. Bunday munosabatni ko'rganingizda kayfiyatingiz darhol yaxshilanadi. Faqat maydonga chiqib, nimalarga qodir ekanimizni isbotlashgina qoldi.

CAFA U-17 24-31 may kunlari Toshkentda bo'lib o'tadi. Barcha o'yinlar "Do'stlik" stadionida o'tkaziladi. Turnirda O'zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg'iz Respublikasi, Eron va Afg'oniston o'smirlar terma jamoalari ishtirok etadi. Qura tashlash marosimi 23 may kuniga belgilangan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика