Sergey Lebedev: "Vaziyatlar yaratdik, biroq to'p darvozaga kirmadi"
18 may 21:12
Yangiliklar


Sergey Lebedev: "Vaziyatlar yaratdik, biroq to'p darvozaga kirmadi"
Pro-liganing 6-turidan o'rin olgan "FarDU" - "Olimpik MobiUz" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lebedev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Uchrashuvni yomon boshladik. Gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng hujum tashkil etishda qiyinchiliklarga duch keldik. Vaziyatlar yaratdik, biroq foydalana olmadik.
Ikkinchi bo'limda o'yinimiz jonlandi, zaxiradan yangi kuchlarni maydonga tashladik. Hujum tashkil etayotganimizda katta kuch bilan oldinga o'tsak, qarshi hujum xavfi yuzaga kelardi. Shu bois himoyada ham ehtiyotkor o'ynashga intildik. Ikkinchi bo'limda vaziyatlarimiz ko'proq bo'ldi, biroq to'p darvozaga kirmadi", - deydi farg'onaliklar ustozi.
O’xshash yangiliklar
01:23
Sergey Lushchan: "5-8ta gol o'tkazib yubormaganimiz yaxshi bo'ldi. Tarkibimiz o'zgarmayapti" 10
20:18
Sergey Chigodaev: "Vaziyatlarimiz juda ham ko'p bo'ldi, lekin ularni golga aylantira olmadik" 7

Fikrlar