So’nggi yangiliklar

15:28ФИФА Жаҳон чемпионати пайтида клубларга қанча пул тўлайди?  1 15:10Индонезия терма жамоаси футболчиларига Хитой устидан қозонилган ғалаба учун Rolex соатлари совға қилинди  2 14:22"Ливерпуль" 120 млн евролик иккинчи трансферини тайёрламоқда  2 13:56Майк Меньян АПЛ гранди сафига ўтишга яқин  1 13:25Ўзбекистон ЖЧда! Қувончли лаҳзалардан ФОТОГАЛЕРЕЯ  10 13:02Жоау Феликс собиқ клубига қайтмоқчи  1 12:30Ўзбекистон – Қатар ўйинини хитойлик ҳакамлар бошқариб боради  18 12:02ПСЖ "Бавария"дан 50 млн еврога ўйинчи харид қилиши мумкин  0 11:25Роналдуга КЖЧ иштирокчиси сафига ўтиш таклиф қилинди  13 11:00“Фенербахче“ ТОП трансфер амалга ошириши мумкин  1 10:35“Арсенал“ дунёнинг энг қиммат дарвозабонини сотиб олишга яқин  0 10:13БМБ иккита легионери билан хайрлашди  0 09:48Неймар коронавирус юқтириб олди  6 09:22Олимпия терма жамоамиз Қирғиз Республикасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади  8 08:53Қатар терма жамоаси бугун Тошкентга келади  20

Saudiya Arabistonidan navbatdagi yurish! "Al Ahli" "CHelsi" xarid qilmoqchi bo'lgan forvard uchun taklif summasini oshirdi Yangiliklar

Saudiya Arabistonidan navbatdagi yurish! "Al Ahli" "CHelsi" xarid qilmoqchi bo'lgan forvard uchun taklif summasini oshirdi

Saudiya Arabistonining "Al Ahli" jamoasi Angliya terma jamoasi forvardi transferiga jiddiy kirishgan ko'rinadi.

Jiddaning "Al Ahli" jamoasi "Brentford" hujumchisi Ayven Tounini qo'lga kiritmoqchi va taklif etilgan summani yanada oshirdi.

"The Sun" nashrining xabar berishicha, arablarning dastlabki taklifi 35 million funt sterling bo'lgan va inglizlar bu taklifni rad etishgan. "Brentford" avvalroq Tounining transferini 70 millionga baholayotgandi, lekin forvardning o'zi klubini alishtirmoqchiligi tufayli "arilar" narxni biroz tushirishga rozilar.

Bundan tashqari, forvard uchun kurashda "CHelsi" ham ishtirok etmoqchi. "Futbolchilar inqirozi"ga uchragan londonliklar transfer oynasi yopilgunga qadar hujumchi sotib olmoqchi. "Arilar" taxminan 45 million funt (53 million evro / 58 million dollar) evaziga Touni bilan xayrlashishga tayyorlar.

O'z navbatida, Touni va uning oilasi Saudiya Arabistonidan bo'lgan taklifga yakuniy javoblarini hali aytishmagan.

Faoliyati davomida Ayven Premer-liganing 85 o'yinida maydonga tushgan va 35 ta gol urishga erishgan. 

Saudiya Arabistoni chempionatining o'tgan mavsumida "Al Ahli" uchinchi o'rinni egalladi.

"Al Hilol"? "Al Nassr"? "Al Ittihod"? Yo'q "NEOM SC"!

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика