"Liverpul" Germaniya MTJ azosi bilan muzokaralarni boshladi
12 okt 09:52
Yangiliklar


"Liverpul" Germaniya MTJ azosi bilan muzokaralarni boshladi
"Liverpul" Dortmundning "Borussiya" klubi va Germaniya terma jamoasi himoyachisi Niko Shlotterbek bilan muzokaralar olib bormoqda, deb xabar beradi DaveOCKOP.
Nashr malumotlariga ko'ra, Angliya Premer-ligasining amaldagi chempioni Jovanni Leoni jarohat olganidan so'ng himoyani kuchaytirishga intilmoqda. "Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gexining "qizillar"ga o'tishi "Barselona" va "Real"ning Angliya terma jamoasi futbolchisiga qiziqishi tufayli murakkablashmoqda. Shu sababli Slot jamoasi bor etiborini nemis futolchisiga qaratgan.
Shlotterbekning “qora asalarilar” bilan shartnomasi 2027 yilning yozida tugaydi. O'tgan mavsumda u klub safida barcha musobaqalarda 36ta o'yin o'tkazib, 5ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar