"Liverpul" Germaniya MTJ a'zosi bilan muzokaralarni boshladi

Khoja
12 okt 2025, 09:52
"Liverpul" Dortmundning "Borussiya" klubi va Germaniya terma jamoasi himoyachisi Niko Shlotterbek bilan muzokaralar olib bormoqda, deb xabar beradi DaveOCKOP.

Nashr ma'lumotlariga ko'ra, Angliya Premer-ligasining amaldagi chempioni Jovanni Leoni jarohat olganidan so'ng himoyani kuchaytirishga intilmoqda. "Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gexining "qizillar"ga o'tishi "Barselona" va "Real"ning Angliya terma jamoasi futbolchisiga qiziqishi tufayli murakkablashmoqda. Shu sababli Slot jamoasi bor e'tiborini nemis futolchisiga qaratgan. 

Shlotterbekning “qora asalarilar” bilan shartnomasi 2027 yilning yozida tugaydi. O'tgan mavsumda u klub safida barcha musobaqalarda 36ta o'yin o'tkazib, 5ta golli uzatmani amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: DaveOCKOP