So’nggi yangiliklar

08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  7 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  2 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  2 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  13 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  24 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  6

Sardorbek Azimov: “Imkoniyat berilishini sabr bilan kutdim” Yangiliklar

Sardorbek Azimov: “Imkoniyat berilishini sabr bilan kutdim”

2016 yilning birinchi yarmini “Navbahor” klubida o'tkazib namanganlik muxlislar yoqimtoyiga aylangan yarim himoyachi Sardorbek Azimov davralar oralig'ida “Bunyodkor” klubiga qaytdi.

Futbolchi “lochinlar” safidagi ijaradan keyin o'z klubiga qaytdi. Ikkinchi davrada boshida “qaldirg'ochlar” tarkibida bir nechta o'yin o'tkazishga ulgurgan yarim himoyachi bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- 1995 yil Andijon shahrida tug'ilganman, - deb gap boshladi Sardorbek Azimov. Yoshlikdan futbolga qiziqishim kuchli bo'lgan. Ota-onam ham meni futbolchi bo'lishimni xohlashgan. SHuhrat aka Bobomatov qo'l ostida 2-3 yil shug'ullanganman. 2008 yilda Paxtaobodda sobiq “Quruvchi” hozirgi “Bunyodkor” klubi tanlov o'tkazgan. Sergey Lushan va Oleg Belyakov kabi murabbiylar yosh futbolchilarni sinovdan o'tkazishgan. 15 nafar futbolchi Andijondan Toshkentga kelganmiz. Bu erda yana tanlov o'tkazilgan, undan 4 nafar futbolchi muvaffaqiyatli o'tgan. Ular orasida men ham bor edim. SHunday qilib, 8 yildan buyon “Bunyodkor” klubi tizimida o'ynab kelayapman.

- “Bunyodkor” yoshlari safida o'ynab yurgan paytlarda siz tengilar oliy ligada o'ynashardi. O'sha paytda ichingizdan nimalar o'tgan?

- To'g'risi qiynalganman. Boshqa klublarda 1997 yoki 1998 yillarda tug'ilgan futbolchilar ham o'ynayotganini ko'rardim. Lekin bir kun kelib mening ham vaqtim kelishini bilardim, ishonardim. SHu paytni sabr bilan kutdim. Mana bu yil oliy ligada debyut qildim.

- Bu yil boshida “Navbahor”da o'ynadingiz. Kimdan taklif bo'ldi?

- Rashid G'ofurov menga taklif bilan chiqdi. “Bunyodkor”ga kelganimda bir oy davomida Sergey Lushan murabbiylik qilgan. Keyin Artur Xalilovich qo'l ostida, keyin 3 yil davomida aynan Rashid G'ofurov bilan birga ishlaganmiz. Bu murabbiy mening barcha imkoniyatimni juda yaxshi biladi. SHu bois qo'rqmay “Navbahor”ga ijara asosida o'tishga rozi bo'ldim.

- “Navbahor”dagi faoliyatinigiz qanday o'tdi?

- Ajoyib o'tdi. Barchasi zo'r edi. Kutganimdan ham alo daraja o'tdi. Muxlislar, ichki muhit ajoyib etdi. O'yinlar davomida bizga omad etishmadi, jarima maydoni ichida sovuqqonlik etishmadi. SHu sababli ko'plab ochkolarni yo'qotdik.


- “Navbahor”ni tark etishingizga Rashid G'ofurovning ketgani sabab bo'ldimi?
- Yo'q. SHunchaki “Bunyodkor” meni ortga qaytarishga qaror qilgandi. Ijara shartnomasida klub yozda meni qaytarish imkoniyatiga ega ekanligi yozib qo'yilgandi. Murabbiylar meni chaqirib olishdi.

- “Bunyodkor”da raqobat kuchli. Toshkent klubiga qaytishga qo'rqmadinigzmi?

- To'g'ri “qaldirg'ochlar” safida kuchli va qobiliyatli futbolchilar ko'p. Raqobat ham kuchli. Lekin Sergey Lushanni juda yaxshi bilaman. Mehnatsevar yigitlarga imkoniyat beradi, u nomlarga qaramaydi. SHu bois qo'rqmasdan “Bunyodkor”ga o'tdim. Harakat qilsam imkon berishiga ishonardim.

- O'tgan yil yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida ham qatnashib keldingiz...

- To'g'ri Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoa safida Yangi Zelandiyadagi mundialda ishtirok etdim. Taassurotlar ajoyib bo'ldi. Tashkilotchilik juda yuqori saviyada bo'ldi. Ilk bor mundialda qatnashganim uchun men uchun katta maktab bo'ldi. Faqat Yangi Zelandiyaga etib borish uchun 20 soatga yaqin uchdik. SHu biroz odamni charchatdi. Ammo uch kundan so'ng barchasi joyiga tushib ketdi.

- Jamoamiz chorak finalda to'xtadi. Yanada uzoqroqqa borish uchun nima xalal berdi?

- Omad etishmadi menimcha. Yigitlar qo'llaridan kelgan barchasini amalga oshirishdi. Borini berib o'ynashdi. Senegal bilan bahsda bitta gol o'tkazib yutqazib qo'ygandik. Biroz omad bo'lganida yarim finalda ham o'ynardik.

- Yoshlikdan o'zbekistonlik futbolchilardan kimga havas qilgansiz?

- Anvar Soliev! “Sehrli tayoqcha” deb nom olgan bu hujumchining o'yinlarini oilamiz bilan birga tomosha qilib muxlislik qilardik. Uning terma jamoa safidagi urgan gollarini hech qachon unutmayman.

- Sizni ko'pchilik birinchi davra kashfiyotlari qatoriga kiritdi. O'zingiz qaysi futbolchilar kashfiyot bo'ldi deb o'ylaysiz?  

- Kashfiyotlar juda ko'p bo'ldi. Masalan, “Obod” safida yarim himoyachi Javohir Qahramonov, “Metallurg”da himoyachi Islom Qobilov, “Nasaf”da Azizjon G'aniev va Islom Rashidxonov kabi futbolchilar ham kashfiyot bo'ldi deya olaman. Bu o'yinchilar birinchi davrada yaxshi harakat qilishdi.

- Yoshlar terma jamoasidagi sobiq ustozingiz Ravshan Haydarov endi olimpiya terma jamoasiga ham bosh murabbiy etib tayinlandi. Terma jamoaga chaqiruv olish imkoniyatingiz qanday?

- Terma jamoaga kimni chaqirishni murabbiylar hal qilishadi. Ular kim yaxshi o'ynayotgan bo'lsa, kim ko'proq mehnat qilayotgan bo'lsa o'shalarni chaqirishadi. SHu bois o'z ustimda ishlashda davom etaman. CHaqiruv bo'lsa vatanim terma jamoasi sharafini himoya qilishga doim tayyorman.

- “Bunyodkor” sizni qanday kutib oldi?

- To'g'risi u qadar yangilik bo'lmagan. Deyarli barcha futbolchilar bilan birga o'ynaganman. SHunchaki 6 oyga ajralgandik xolos. Yigitlar meni yaxshi kutib olishdi. Jamoam safiga tezda qo'shilib ketdim. Hech qanday muammo bo'lgani yo'q.

- Andijonda tug'ilgansiz, kelajakda “Andijon” safida o'ynash niyati bormi?

- Albatta niyatim bor. Ota-onam ham shuni istashadi, bir kun kelib o'zim tug'ilgan shahar klubi sharafini himoya qilaman. Barcha narsaning vaqti soati bo'ladi.

- Qaysi murabbiylarga rahmat aytmoqchisiz?

- Meni shu darajaga chiqishimda men bilan birga ishlagan barcha barcha murabbiylarga rahmat aytaman. Birinchi murabbiyimga, Rashid G'ofurov, Aleksandr Volkov, Vadim SHodimatov, Sergey Lushanga minnatdorchilik bildiraman. Kimdir yodimdan chiqqan bo'lsa uzr so'rayman. Menga bir kun bo'lsa ham murabbiylik qilgan ustozlarga rahmat .

- Mustaqilligimizning 25 yilligi nishonlanmoqda...

- Xalqimizni bayram bilan muborakbod etaman. Mustaqil bo'lganimizga 25 yil bo'libdi. Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch bo'lsin! Mana kuni kecha Braziliyada Olimpiada o'yinlari o'z yakuniga etdi. O'zbekistonlik sportchilar 13ta medal bilan yurtimizga yorug' yuz bilan qaytib kelishdi. Butun dunyo davlatlari orasida 21-o'rinda bo'lish qoyilmaqom natija. Hasanboy Do'smatov va Ruslan Nuriddinov ham Andijonda tug'ilgan, ular oltin medal olishganida to'g'risi xuddi o'zim medal olgandek xursand bo'ldim. Sportchilarimiz o'z yutuqlarini Mustaqilligimizning 25 yilligiga bag'ishlashgani ham ajoyib bo'ldi.  

Narzulla Saydullaev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика