"Arsenal" "Milan" etakchilaridan biriga qiziqish bildirmoqda
25 may 2025 15:47
Yangiliklar
"Arsenal" "Milan" etakchilaridan biriga qiziqish bildirmoqda
"Arsenal" yozgi transferlar oynasi oldidan "Milan" hujumchisi Rafael Leauni o'z short-listiga kiritdi.
London klubi vingerga qiziqish bildirayotganiga qaramay, u "kanonirlar" uchun ustuvor variant emas. Ammo, 10 kuncha avval "Arsenal" sport direktori Andrea Berta Leau bilan telefon orqali muloqot qilgan.
Leau joriy mavsum barcha musobaqalarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 13 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 75 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar