"Liverpul" braziliyalik hujumchi xaridini ko'rib chiqmoqda
25 may 13:43
Yangiliklar


"Liverpul" braziliyalik hujumchi xaridini ko'rib chiqmoqda
"Brayton" hujumchisi Joau Pedro yozda jamoani tark etishi mumkin.
Braziliyalik futbolchi "Liverpul"ning qiziqishlar doirasiga kiradi. Manbaga ko'ra, futbolchiga "Nyukasl" ham davogarlik qilmoqda.
Hujumchining transferi 50 mln evro atrofida bo'lishi mumkin. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.
Pedro joriy mavsum 30 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 7 ta assist qayd etdi.
"Liverpul" joriy mavsumda APL chempioniga aylandi.
O’xshash yangiliklar
18:06
Deku va Flik hozirda Reshford transferini ko'rib chiqmayapti. "Barsa" Diasga etibor qaratmoqda 2
12:27
"Liverpul" Jotaning oilasiga futbolchi bilan shartnoma bo'yicha to'liq summani to'lab beradi 11

Fikrlar