So’nggi yangiliklar

02:56Африкадан яна икки терма жамоа Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  1 02:05ЖЧ саралаши. Италия, Испания ва Туркиядан йирик ғалаба. Португалия ва Венгрия дуранг қайд этишди, Роналдудан дубль  1 01:52Англия терма жамоаси Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди. Инглизлар Европада биринчи бўлишди  0 01:40Саудия Арабистони Ироққа қарши ғалабага тенг дуранг қайд этиб, Жаҳон чемпионатига йўл олди!  4 01:00Роналду жаҳон рекордини ўрнатди  15 00:30Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Қозоғистонни мағлубиятга учратган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 00:10Қатар ўта драматик кечган ўйинда БААни мағлубиятга учратиб, Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди!  59 23:48Швеция терма жамоаси бош мураббий ёмон натижалар сабаб ишдан ҳайдалди  3 23:14Жанубий Африка Республикаси 2010 йилги мезбонликдан сўнг илк марта Жаҳон чемпионатига чиқди!  5 23:00Ўзбекистон ва Туркия U-17 терма жамоалари ўртасидаги учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 22:06А Сериянинг икки клуби Неймарга қизиқиш билдирмоқда, футболчи янги чақирувга тайёр  2 21:40Ёзнинг энг омадсиз трансферлари рўйхати эълон қилинди  4 20:50"Фенербахче" "Олтин тўп" соҳиби билан шартнома имзоламоқчи  2 20:11Равшан Ҳайдаров: "Қозоғистон билан ўйинларда икки хил таркибдан фойдаландик. Ўринбоев мушакларидан жароҳат олди"  3 19:24Рафинья "Эл Класико"да иштирок этмайди?!  1

Muhim bellashuvga oz qolmoqda. Terma jamoa yig'iniga kim qaysi vaqtda etib keladi? Yangiliklar

Muhim bellashuvga oz qolmoqda. Terma jamoa yig'iniga kim qaysi vaqtda etib keladi?

Ayni paytga kelib xorij va ichki chempionatlarda to'p tepayotgan futbolchilarimiz asta-sekin jamoalaridagi ishlariga tanaffus berib yurtimizga qaytmoqda.

Xorijdagi futbolchilar: Yusupov va O'runov allaqachon shu erda

Ayni paytda O'tkir Yusupov va Oston O'runov sport formasini saqlab qolish maqsadida Toshkentda "Lokomotiv" jamoasi safida mashg'ulot olib bormoqda. Qolgan legionerlar haqida avvalroq malumot berib o'tgan edikEtibor qaratish lozim bo'lgan asosiy jihat — qolgan futbolchilarning terma jamoaga qachon qo'shilishi.

Jaloliddin Masharipov kecha jamoasi "Istiqlol" bilan Eron Kubogi yarim finalida "Sanat Naft"ni engib finalga yo'llanma oldi. Final uchrashuvi 29 may kuni "Malavan"ga qarshi bo'lib o'tishini hisobga olsak hamyurtimiz ilk kungi mashg'ulotlarni o'tkazib yuboradi va katta ehtimol bilan 30 sanada kelib qo'shiladi. 

Eron Kubogi. Final

29.05.2025.

"Malavan" - "Istiqlol"

Rustam Ashurmatov "Rubin" bilan kecha oxirgi uchrashuvini o'tkazdi. U ham 29 may sanasida shu erda bo'ladi.

Eldor Shomurodov bugun A Seriyada mavsumdagi oxirgi uchrashuvida ishtirok etadi.

25.05.2025 38-tur

"Roma" - "Torino"

Abduqodir Husanov ham Shomurodov singari APLda mavsumni yakunlab ortga qaytadi. 

25.05.2025. 38-tur

"Fulxem" - "Manchester Siti"

Otabek Shukurov jamoasi "Al Fayha" ertaga "Al Shabab" bilan to'qnash keladi. Mazkur bellashuvdan so'ng u terma jamoa tomon otlanadi.

26.05.2025. 34-tur

"Al Fayha" - "Al Shabab"

Ozarbayjon chempionatida kecha mavsum nihoyasiga etdi. Bobir Abdixoliqov harakat qiladigan "Sumgait" ligadagi o'rnini saqlab qoldi. Unda ortiqcha muammo kuzatilmaydi. 

BAA Pro ligasidagi ikki futbolchimiz Aziz G'aniev va Hojimat Erkinov jamoalari bugun 26-turda o'zaro to'qnash kelishadi.

25.05.2025. 

"Al Bateh" - "Al Vahda"

Superliga futbolchilari ham birin-ketin etib keladi

  • "Paxtakor" jamoasi bugun, 25 may kuni "Xorazm"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuvdan so'ng futbolchilarga qisqa tanaffus berilib, 29 may kuni terma jamoa lageriga etib kelishlari kutilmoqda.

    • Xojiakbar Alijonov

    • Abdulla Abdullaev

    • Abdurauf Bo'riev

    • Igor Sergeev

  • "Nasaf" 11-tur uchrashuvini o'tkazib bo'ldi va endi ular 27 may kuni Superkubok bahsida "Andijon"ga qarshi maydonga tushadi. Demak, bu klub futbolchilari terma jamoaga ushbu uchrashuvdan so'ng qo'shiladi.

    • Umar Eshmurodov

    • Akmal Mozgovoy

    • G'olib G'aybullaev

    • Sherzod Nasrullaev

    • Zafarmurod Abdirahmatov

    • Abduvohid Nematov

  • "Neftchi" jamoasi 24 may kuni "Sho'rtan"ga qarshi so'nggi o'yinini o'tkazdi. Ular oldindagi kunlarda boshqa uchrashuvda maydonga chiqmaydi, shuning uchun jamoa azolari 29 may kuni terma jamoaga etib kelishadi.

    • Farruh Sayfiev

    • Botirali Ergashev

    • Ibrohimhalil Yo'ldoshev

    • Jamshid Iskanderov

  • "Navbahor" safidagi Ruslanbek Jiyanov bugun, 25 may kuni "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yinda qatnashgach, 29 may kuni terma jamoa yig'iniga qo'shiladi.

  • Yarim himoyadagi muhim figuralardan biri — Odil Hamrobekov esa 26 may kuni "Bunyodkor" bilan "Mashal"ga qarshi to'p tepib, 29 mayda terma jamoaga kelishi rejalashtirilgan.

Ular 2 iyunda safda bo'lishadi

  • Abbos Fayzullaev (CSKA)

  • Husniddin Aliqulov ("Rizespor")

  • Aziz Turg'unboev ("Sivasspor")

Ushbu uch futbolchi o'z jamoalarida 1 iyun kuni mavsumni yakunlab, 2 iyun kuni terma jamoaga etib kelishlari kutilmoqda.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика