Muhim bellashuvga oz qolmoqda. Terma jamoa yig'iniga kim qaysi vaqtda yetib keladi?

Iskandarov Abdulaziz
25 may 2025, 18:16
Ayni paytga kelib xorij va ichki chempionatlarda to'p tepayotgan futbolchilarimiz asta-sekin jamoalaridagi ishlariga tanaffus berib yurtimizga qaytmoqda.

Xorijdagi futbolchilar: Yusupov va O'runov allaqachon shu yerda

Ayni paytda O'tkir Yusupov va Oston O'runov sport formasini saqlab qolish maqsadida Toshkentda "Lokomotiv" jamoasi safida mashg'ulot olib bormoqda. Qolgan legionerlar haqida avvalroq ma'lumot berib o'tgan edikE'tibor qaratish lozim bo'lgan asosiy jihat - qolgan futbolchilarning terma jamoaga qachon qo'shilishi.

Jaloliddin Masharipov kecha jamoasi "Istiqlol" bilan Eron Kubogi yarim finalida "Sanat Naft"ni engib finalga yo'llanma oldi. Final uchrashuvi 29 may kuni "Malavan"ga qarshi bo'lib o'tishini hisobga olsak hamyurtimiz ilk kungi mashg'ulotlarni o'tkazib yuboradi va katta ehtimol bilan 30 sanada kelib qo'shiladi. 

Eron Kubogi. Final

29.05.2025.

"Malavan" - "Istiqlol"

Rustam Ashurmatov "Rubin" bilan kecha oxirgi uchrashuvini o'tkazdi. U ham 29 may sanasida shu yerda bo'ladi.

Eldor Shomurodov bugun A Seriyada mavsumdagi oxirgi uchrashuvida ishtirok etadi.

25.05.2025 38-tur

"Roma" - "Torino"

Abduqodir Husanov ham Shomurodov singari APLda mavsumni yakunlab ortga qaytadi. 

25.05.2025. 38-tur

"Fulxem" - "Manchester Siti"

Otabek Shukurov jamoasi "Al Fayha" ertaga "Al Shabab" bilan to'qnash keladi. Mazkur bellashuvdan so'ng u terma jamoa tomon otlanadi.

26.05.2025. 34-tur

"Al Fayha" - "Al Shabab"

Ozarbayjon chempionatida kecha mavsum nihoyasiga etdi. Bobir Abdixoliqov harakat qiladigan "Sumgait" ligadagi o'rnini saqlab qoldi. Unda ortiqcha muammo kuzatilmaydi. 

BAA Pro ligasidagi ikki futbolchimiz Aziz G'aniev va Hojimat Erkinov jamoalari bugun 26-turda o'zaro to'qnash kelishadi.

25.05.2025. 

"Al Bateh" - "Al Vahda"

Superliga futbolchilari ham birin-ketin yetib keladi

  • "Paxtakor" jamoasi bugun, 25 may kuni "Xorazm"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuvdan so'ng futbolchilarga qisqa tanaffus berilib, 29 may kuni terma jamoa lageriga yetib kelishlari kutilmoqda.

    • Xojiakbar Alijonov

    • Abdulla Abdullaev

    • Abdurauf Bo'riev

    • Igor Sergeev

  • "Nasaf" 11-tur uchrashuvini o'tkazib bo'ldi va endi ular 27 may kuni Superkubok bahsida "Andijon"ga qarshi maydonga tushadi. Demak, bu klub futbolchilari terma jamoaga ushbu uchrashuvdan so'ng qo'shiladi.

    • Umar Eshmurodov

    • Akmal Mozgovoy

    • G'olib G'aybullaev

    • Sherzod Nasrullaev

    • Zafarmurod Abdirahmatov

    • Abduvohid Ne'matov

  • "Neftchi" jamoasi 24 may kuni "Sho'rtan"ga qarshi so'nggi o'yinini o'tkazdi. Ular oldindagi kunlarda boshqa uchrashuvda maydonga chiqmaydi, shuning uchun jamoa a'zolari 29 may kuni terma jamoaga yetib kelishadi.

    • Farruh Sayfiev

    • Botirali Ergashev

    • Ibrohimhalil Yo'ldoshev

    • Jamshid Iskanderov

  • "Navbahor" safidagi Ruslanbek Jiyanov bugun, 25 may kuni "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yinda qatnashgach, 29 may kuni terma jamoa yig'iniga qo'shiladi.

  • Yarim himoyadagi muhim figuralardan biri - Odil Hamrobekov esa 26 may kuni "Bunyodkor" bilan "Mashal"ga qarshi to'p tepib, 29 mayda terma jamoaga kelishi rejalashtirilgan.

Ular 2 iyunda safda bo'lishadi

  • Abbos Fayzullaev (SSKA)

  • Husniddin Aliqulov ("Rizespor")

  • Aziz Turg'unboev ("Sivasspor")

Ushbu uch futbolchi o'z jamoalarida 1 iyun kuni mavsumni yakunlab, 2 iyun kuni terma jamoaga yetib kelishlari kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia