"Inter" "Roma" futbolchisini xarid qilmoqchi

Alisher Ostonov
25 may 2025, 14:12
"Inter" rahbariyati "Roma" bilan yarim himoyachi Nikola Zalevskining transferini kelishib oldi.

Klublar 6,5 million evro miqdoridagi kelishuvga erishgan.

Ayni paytda 23 yoshli polshalik "Inter"da ijara asosida o'ynamoqda - uning shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. U Milan klubiga 2025 yilning fevralida kelgan va shundan beri 14 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining transfer narxi 10 million evroni tashkil etadi.


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Tuttosport