Bekxem FIFA prezidenti bo'lishi mumkin

Aslanov Jasurbek
17 okt 2026, 16:44
Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi va Amerikaning "Inter Mayami" klubi hamegasi Devid Bekxem Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) rahbari lavozimini egallashi mumkin.

Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotga ko'ra, xalqaro tashkilotlar - Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA), Shimoliy, Markaziy Amerika va Karib havzasi futboli konfederatsiyasi (KONKAKAF) hamda Germaniya futbol ittifoqi (DFB) jahon futbolining amaldagi rahbari Janni Infantinoning iste'fosiga erishish uchun alyans tuzishni rejalashtirmoqda.

Qayd etilishicha, 51 yoshli Bekxem koaliciya tomonidan tashkilot prezidentligi lavozimida Infantinoning o'rinbosari sifatida ko'rib chiqilayotgan asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Futboliy mutasaddilar inglizning dunyo bo'ylab tanilganligi, obro'-e'tibori va AQSHda futbol loyihalarini rivojlantirishdagi muvaffaqiyatli tajribasi global futbol hamjamiyatini birlashtirishga yordam beradi, deb hisoblashmoqda.

Eslatib o'tamiz, Janni Infantino 2016 yilning fevral oyidan beri FIFAni boshqarib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports