Devid Bekxem Gollivuddagi "Shon-sharaf alleyasi"da yulduz olgan ilk futbolchiga aylandi

13 iyun 2026, 09:15
Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi va "Inter Mayami" klubi egasi Devid Bekxem Gollivuddagi "Shon-sharaf alleyasi"da o'zining nomli yulduziga ega bo'ldi.

Tadbirga Bekxem bilan birgalikda uning rafiqasi Viktoriya va farzandlari ham tashrif buyurishdi.

"Bularning barchasi xuddi tushga o'xshaydi. Faoliyatim davomida ko'plab ajoyib lahzalar bo'lgan, ammo aynan shu yerda - Los-Anjelesda turish va butun dunyoga mashhur 'Shon-sharaf alleyasi'dan yulduz qabul qilib olish haqiqatan ham aql bovar qilmas voqeadir.

Men doimo orzular og'ushida yashaganman, biroq mendek ishchilar sinfidan chiqqan futbolchiga shunday yuksak sharaf nasib etishini hech qachon tasavvur qilolmagandim...

Menga Amerika sportining naqadar ambiciyali ekanligi va uning keng miqyosi juda yoqadi", - deya Bekxemning so'zlarini keltiradi jurnalist Ben Jeykobs o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

gettyimages-2281266590-2048x2048.jpggettyimages-2281266656-2048x2048.jpg

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com